So’nggi yangiliklar

21:00Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" (онлайн ҳисоб)  12 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  3 19:23"Арсенал" футболчиси афсонавий Райт натижасини такрорлади  0 18:57"Милан" 40 ёшли Модричга янги шартнома таклиф қилади  2 18:33Трансфер интригаси: "Манчестер Юнайтед" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 18:06"Вест Хэм" бир вақтнинг ўзида 3 нафар мураббийга маош тўламоқда  1 17:40Расман: "Қўқон-1912" Нимели ва Соҳибжоновни ижарага олди  3 17:22"Машъал" 3 нафар футболчи билан битим тузди  1 16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  7 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  4 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  2 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  3 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  2

Mirjalol Qosimov: "Andijon" Superligaga mos jamoa" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Andijon" Superligaga mos jamoa"

O'zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "Andijon" - "Bunyodkor" (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov va himoyachi Rustam Ashurmatov ishtirok etdi.

"Yarim finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Juda qiziqarli o'yin bo'ldi. "Andijon" chiroyli, tezkor, muxlislarbop o'yin namoyish etdi. Bu jamoa bemalol Superligada o'ynay oladi. Keyingi yil "Andijon"ni Superligada ko'ramiz deb o'ylayman.

Albatta, bu o'yin tarixga kirdi. Endi keyingi o'yin haqida o'ylashni boshlaymiz. 23 sentyabr kuni "Lokomotiv" bilan o'ynaymiz. Superligada endi har bir bahs muhim bo'ladi", - deydi Mirjalol Qosimov.  

"To'g'risi mana shunday qiyin o'yin bo'lishini kutgandik, "Andijon" bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Bu hisobda ham aks etdi. Faqatgina tarjiba evaziga g'alaba qozonishning o'zi etarli emas", - deydi Rustam Ashurmatov.

- "Andijon"ning bugungi o'yini Superliga darajasiga tortadi deb o'ylaysizmi?

- Hozirgina aytib o'tdim-ku. Agarda Superligada 16ta klub bo'lganida ulardan biri "Andijon" bo'lardi. O'zi vodiyda har doim qiyin o'yinlar o'tkazib kelganmiz.

- "Bunyodkor" hisob 2:1 bo'lib turganida hujumkorlikni oshirmadi. Natijani saqlab qolishga ishonganmidinglar?

- Mezbonlarning yo'qotadigan narsasi yo'q edi. Ular harakat qilib ko'rishdi. O'yin tizgini bizda edi. Raqib uzun paslar bilan bizga qiyinchilik tug'dirishga urindi. Oxrigi daqiqalarda "Andijon" bitta yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, ammo gol bo'lmadi. SHu bilan birga bizda ham bir necha bor gol uradigan vaziyatlar bo'ldi.  



Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика