So’nggi yangiliklar

20:25Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:0. Матнли трансляция  0 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  0 19:45ПСЖ 40 млн еврога ҳимоячи сотиб олди  0 19:18"Тоттенхэм" "Борнмут" юлдузини трансфер қилмоқда  0 18:58Про лига. "Машъал" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  0 18:41Расман: Дани Ольмо – "Барселона" футболчиси!  6 18:22Ли Карсли Англия терма жамоасининг вақтинчалик устози этиб тайинланди  1 17:59Суперлига. "Локомотив" – "Олимпик". Таркиблар маълум  2 17:34Футзал. ЖЧ-2008. Бразилияликлардан иборат ярим финалчилар ҳамда нотаниш аёл туфайли қаҳрамонга айланган Франклин Рузвельт ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:17"Барселона" собиқ футболчиси АПЛда ўйнайди  1 16:49Расман: "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Эронда давом эттиради  2 16:21"Бавария" юлдузи полиция билан катта муаммога дуч келди  2 15:54Суперлига. 15-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Сурхон" ва "Сўғдиёна" 2 нафардан йўқотишга эга  1 15:26"Челси" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтиши мумкин  1 14:59"Интер" украиналик форвардга даъвогар  4

Mirjalol Qosimov: "2015 yil shaxsiy hayotimda o'zgarishlar bo'ldi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "2015 yil shaxsiy hayotimda o'zgarishlar bo'ldi"

Teglar :  Mirjalol Qosimov
Mana, 2015 yil ham katta tarix kitobiga muhrlandi.

Tabiiyki, yil davomida futbolimiz asnosida yaxshi-yomon natijalarni ko'rdik, sururli g'alabalar zavqini tuyish barobarida alamli mag'lubiyat­lar azobini ham tortdik. Albatta, endi 2016 yilgi futbol mavsumidan ham umidlarimiz nihoyatda katta. Xususan, kelasi hafta olimpiyachilarimiz Qatar poytaxti - Doxa shahrida start oladigan Osiyo chempionatida ishtirok etishadi. Ushbu qita birinchiligida Rio-2016 Olimpiadasi yo'llanmalari taqdiriga oydinlik kiritiladi. Milliy jamoamiz esa mart oyida JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichining so'nggi ikki uchrashuvida Bahrayn va Filippin termalarini qabul qiladi. Fevral oyida klublarimiz o'tgan yilgi omadsizlikdan to'g'ri xulosa chiqargan holda, OCHLdagi ishtiroklarini boshlashadi. Biz bejiz yangi yil rejalari mavzusida so'z ochmadik. CHunonchi, O'zbekiston milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan ayni shu mavzuda suhbatlashdik.



- Mirjalol aka, avvalambor, sizni yangi yil bilan tabriklaymiz. Aytingchi, 2015 yildan qanday taassurotlar qoldi?

- Tabrik uchun rahmat. O'z o'rnida, men ham kirib kelgan 2016 yil bilan barchani chin qalbimdan muborakbod etaman. Ilohim, yangi yil futbolimiz uchun ham omadli kelsin! Har bir inson o'z orzulari ro'yobini ko'rsin. Albatta, 2015 yil o'zbek futbolida o'ziga yarasha yutuq va muvaffaqiyatlar bilan yodda qoldi. Bu birinchi galda, milliy jamoamizning JCH-2018 saralash bosqichidagi muvaffaqiyatli ishtiroki. Mana, ketma-ket 5ta o'yinda g'alabaga erishildi. Futbolchilarimiz shu uchrashuvlarda eng yaxshi o'yinlarini namoyish etishdi. G'alabali yurish 2016 yilda ham uzilmasin. Boshlangan ishni oxiriga etkazib qo'yish kerak. Mart oyida Bahrayn va Filippin terma jamoalarini qabul qilamiz. Agar shu ikki uchrashuvda ham g'alaba qozonsak, guruh g'olibi sifatida hal qiluvchi saralash bosqichiga yo'llanma qo'lga kiritiladi. Bundan tashqari, Osiyo kubogi-2019 final bosqichida qatnashish masalasi hal etiladi. To'g'ri, OCHLda ishtirok etgan klublarimiz muxlislar ishonchini oqlashmadi. Ko'ryapsiz, ushbu musobaqaning nufuzi qay darajada oshib ketdi. Ayniqsa, SHarqiy Osiyo klublari kuchayib ketishdi. Yaponiya va Xitoy jamoalari Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham munosib ishtirok etishdi. Baribir, saviyada farq borligi ko'zga tashlanib qoldi. Endi 2016 yilgi mavsumdan umid qilamiz. Bu yil ham OCHLda 4ta jamoamiz qatnashadi. Bunyodkor pley-offda o'z imkoniyatini sinab ko'radi. Tarkibida Aziz Haydarov o'ynayotgan Al-SHabab klubi kuchli, lekin undan o'tsa bo'ladi. Demoqchimanki, bitta o'yinga yuqori darajada tayyorgarlik ko'rib, vazifani bajarish mumkin. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari ham Bunyodkorga yordam beradi.

- SHaxsiy hayotingizda qanday yangiliklar bo'ldi?

- Asosiysi - 4-nabiram dunyoga keldi. Xalqimiz Danagidan mag'zi shirin, deb bejiz aytmas ekan (kuladi). Yana bir marta bobolik baxti nasib etganidan xursandman. Murabbiylik faoliyatimda esa tanaffus yuzaga keldi. Yaxshigina hordiq chiqardim. Ko'p vaqtimni oilam, farzandlar, nabiralarga ajratdim. Muhtaram Prezidentimiz 2016 yilni Sog'lom ona va bola yili, deb elon qildilar. Bunda katta hikmat bor. Xalqimiz sog' bo'lsin, zero, farzandlari sog'lom yurtning kelajagi hamisha buyuk.

- Yangi yilni qanday kutib oldingiz? Bilamiz, Qosimovlar xonadonining o'ziga yarasha ananalari bor...

- Albatta, bu safar ham ananamizni davom ettirdik. Yangi yil oilaviy bayram hisoblanadi. 2016 yilni oila davrasida kutib oldik. Ezgu tilak va niyatlar qildik. Odatga ko'ra, uyda tayyorlangan shirinliklar bayram dasturxonini yanada bezadi.



- 2016 yilgi futbol mavsumidan nimalarni kutyapsiz?

- Bu yil futbol musobaqalariga boy. Yanvar oyida olimpiya jamoamiz Osiyo chempionati final bosqichida ishtirok etadi. Ushbu musobaqada Olimpiadaga yo'llanmalar o'ynaladi. O'ylaymanki, terma jamoamiz o'z oldiga qo'yilgan vazifani uddalaydi. Dadil gapirishimga o'ziga xos sabablar bor. Birinchi galda, kuchli tarkibning shakllangani. Lekin maqsadga erishish oson bo'lmasligi aniq. CHorak finalga beriladigan 2ta yo'llanma uchun teng kuchli 3ta jamoa kurash olib boradi. Janubiy Koreya va Iroq termalari juda kuchli. O'rtaga Olimpiada chiptasi qo'yilgan. Maqsadga erishish uchun birinchi galda, guruhdan chiqish kerak. Mana, terma jamoamiz BAAda bir nechta yig'inlar va ular doirasida o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdi, o'tkazyapti. Barcha sharoitlar ortig'i bilan yaratib berilgan. Demak, bundan maksimal darajada foydalanish lozim.

- O'tgan yili oliy liga o'yinlarini ko'proq kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ldingiz. Xulosalaringiz qanday?

- CHempionatda o'sish kuzatildi. CHempionlik uchun kurash oxirigacha davom etdi. SHuning o'ziyoq oliy ligadagi o'sishni ko'rsatib turibdi. Lekin chempionatimiz saviyasi bundan ham oshishi kerak. CHunki bu bevosita milliy jamoamizga ham tasir qiladi. Oliy liga qanchalik kuchaysa, terma jamoada ham shunga yarasha raqobat yuzaga keladi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi,

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика