So’nggi yangiliklar

20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  0 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6

Mirislom Hasanov: “Baxtiyor Ashurmatovdan keyin jamoani qabul qilib olish qiyin bo'lmadi” Yangiliklar

Mirislom Hasanov: “Baxtiyor Ashurmatovdan keyin jamoani qabul qilib olish qiyin bo'lmadi”

Superliga 9-tur uchrashuvi doirasidagi “Buxoro“ – “Dinamo” (0:0) uchrashuvidan keyin dastlab mezbonlar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchisi Mirislom Hasanov o'yin borasida o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugungi uchrashuv ikki jamoa uchun ham juda qiyin o'tdi. Sababi “Dinamo” ham, biz ham faqat g'alabani ko'zlagan edik. Fikrimcha, o'yin davomida bizda ko'proq golli vaziyatlar yuzaga kelgan edi, ammo golli vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. O'yin uchun yigitlarimizga rahmat deyman. Sababi ikki jamoa ham gol urilmagan bo'lsa-da, muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatib berishdi. Endi keyingi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, faqat g'alaba qozonishga intilamiz.

- Baxtiyor Ashurmatov jamoani tark etganidan so'ng, jamoani qabul qilib oldingiz. Superligadagi debyut o'yiningiz borasida nima deya olasiz?

- Baxtiyor Ashurmatovdan keyin jamoani qabul qilib olish qiyin bo'lmadi. Yigitlar mashg'ulotlarda bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib, yaxshi ishlashdi. Butun jamoa bir oilaga aylanib, faqat g'alaba uchun intilayapmiz.

- Bugun hisob ochilmagan bo'lsa-da, ikki jamoada ham golli vaziyatlar talaygina bo'ldi. Sizningcha, jamoa bir ochko qo'lga kiritdimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Fikrimcha, ikki ochko yo'qotdik. Sababi qator golli vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Bugun omad bizga kulib boqmadi. Yigitlar o'yinidan qoniqdim. Ular bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishdi.


Usmon Ibodov yozib oldi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика