Mirg'iyos Sulaymonov: “Andijon” keyingi o'yinlariga omad tilaymiz"
11 iyu 2016 15:11
Yangiliklar
Mirg'iyos Sulaymonov: “Andijon” keyingi o'yinlariga omad tilaymiz"
Oliy liganing 11–tur doirasida Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'z uyida “Andijon” klubini qabul qildi.
Ushbu bellashuvdan so'ng “Metallurg” yarim himoyachisi Mirg'iyos Sulaymonov o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
- Avvalambor g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin haqida fikrlaringiz qanday?
- Rahmat. O'yin juda yaxshi bo'ldi. “Andijon” jamoasi bizga qarshi juda ham yaxshi tayyorgarlik ko'ribdi. Hujumkor o'yin ko'rsatdi. Biz ham jamoaviy o'yin ko'rsatdik. Omad biz tarafda ekan, muhim bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kiritdik. “Andijon” jamoasiga keyingi bahslarda omad tilaymiz. Bizda esa keyingi uchrashuv “Bunyodkor” klubiga qarshi bo'ladi va unga jiddiy tayyorgarlikni boshlaymiz.
Dildora Xolboeva suhbatlashdi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar