So’nggi yangiliklar

08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда дахшатли ўйинлар бор  7 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 02:07Гампер кубоги. "Барселона" "Комо"ни тор-мор этди, Фермин ва Ямал дубль қайд этди  17 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  8 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  7 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0 23:14Арне Слот мағлубиятга изоҳ сифатида: "Кристал Пэлас"га ўтган мавсумда битта гол ургандик, бу сафар иккита"  3 22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  1 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  28 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0

Miraziz Mirzaahmedov: "O'zbekiston-2 jamoasida o'zini ko'rsatganlar Osiyo chempionatiga borishi mumkin" Yangiliklar

Miraziz Mirzaahmedov: "O'zbekiston-2 jamoasida o'zini ko'rsatganlar Osiyo chempionatiga borishi mumkin"

O'zbekiston U-19 terma jamoasi yordamchi murabbiyi Miraziz Mirzaahmedov Afg'onistonga qarshi bahsdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yigitlar kecha ham Qirg'iziston bilan o'yin o'tkazishgandi. Baribir charchoq alomatlari sezilib qoldi. Afg'oniston jamoasi menda yaxshi taassurot qoldirdi. Ularda ham futbol ancha rivojlangani ko'rindi.

Jasur Abduraimov nega kelmadi? Kecha ikkita o'yinda ikki jamoani boshqardi. Bugun Tojikiston bilan juda muhim o'yin bor. SHu bois Jasur Birodarovich O'zbekiston-1 jamoasi bilan tonggi mashg'ulotlarni o'tkazishga qaror qildi.


O'yinlar vaqtini men yoki bosh murabbiy belgilamaymiz. Buni tashkilotchilar belgilashadi. To'g'ri issiqda o'ynash qiyin, ammo unutmaslik kerakki Osiyo chempionati Bahraynda bo'ladi. Bu mamlakat esa juda ham issiq iqlimga ega.

Hakamlar haqida nima deyishim mumkin? To'g'risi bugun SHerzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar menimcha hech qanday qo'pol xatoga yo'l qo'yishmadi. Afg'oniston murabbiyi hakamlar o'zbekistonlik bo'lgani uchun ularga etiroz bildirdi. Lekin mag'lub bo'lgan jamoa ko'pincha hakamlardan ayb qidiradi. Ishontirib aytamanki bugun boshqa mamlakat hakamlari ishlaganida ham biz yutardik.

O'zbekiston-2 jamoasida o'zini ko'rsatgan 3-4 nafar futbolchi Osiyo chempionatiga borishi mumkin. Barchasi yigitlarning o'ziga va harakatiga bog'liq", - deydi O'zbekiston U-19 yordamchi murabbiyi Miraziz Mirzaahmedov.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика