So’nggi yangiliklar

21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  2 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  1 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  3 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7

Mirabror Usmonov: Navbahorning o'yiniga maftun bo'lib qoldim Yangiliklar

Mirabror Usmonov: Navbahorning o'yiniga maftun bo'lib qoldim

Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federaciyasi Mirabror Usmonov Namangan shahriga qilgan safari davomida Navbahor futbol klubi rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar hamda jamoa muxlislari bilan uchrashdi.
Ishqibozlar bilan o'tkazilgan uchrashuvda OAV vakillarini ham qatnashganliklarini etirof etish joiz. Usmonovni Navbahor futbol klubiga bunday ehtirom ko'rsatishi nafaqat jamoa muxlislari balki murabbiy hamda futbolchilarning ham kayfiyatini ko'tardi.

Muxlislar bilan o'tkazilgan uchrashuv chog'ida, Navbahor ishqibozlar klubi raisi A.Ahmedov, muxlislardan A.Yunusov, I.Dedashev, A.Abdullaev, N.Abdug'aniev, A.To'raqulovlar so'zga chiqib, takliflar va o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. SHu bilan birgalikda, Mirabror Usmonovga kelgusi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar yor bo'lishiga tilak bildirib, futbolimiz rivojiga qo'shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirishdi. SHuningdek, mamlakat chempionatining 9-turidan o'rin olgan Paxtakor - Navbahor jamoalari o'rtasidagi o'yin haqida ham savol berildi. Xabaringiz bo'lsa, mazkur bahs turli bahsli holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo'lgandi. Mirabror Zufarovich bildirilgan takliflarni inobatga olishini bildirib, savollarga atroflicha javob qaytardi.

O'FF prezidenti dastlab futbolimizning bugungi kuni haqida so'z yuritdi
: Bugungi kunda futbolimiz rivojlanib bormoqda. Etibor bering oldin, qanday edi-yu, hozir qandayligiga. Federaciyada ish boshlagan dastlabki kezlarimda O'FFni o'z binosi ham yo'q edi. Endilikda federaciya o'zining muhtasham binosiga ega. Hozirda har bir federaciya bir yil davomida 20 milliard so'm miqdorida pul aylanmasini amalga oshirishi lozim. SHu bilan birgalikda yil yakunida hisob-raqamida kamida ana shuncha mablag'ga ega bo'lmog'i kerak. Aks holda qator qiyinchiliklar yuzaga keladi. Futbolimizga xukumat darajasida etibor qaratilishi samarasi o'laroq, shu kunga qadar 12 ta barcha sharoitlarga va zamonaviy talablarga javob beradigan futbol maktablari ochildi.

Oldinlari yurtimizda xalqaro talablarga javob beradigan o'yingohlar yo'q edi. Bugungi kunda esa bunday o'yingohlarimiz soni yildan-yilga ortib bormoqda. Mana Namanganda ham ana shunday o'yingoh qayta barpo etildi. Yaqin kunlarda Farg'onada ham zamonaviy o'yingoh foydalanishga topshiriladi. SHuningdek, terma jamoalar bazasini ham yaxshiladik. Avvallari terma jamoalar ixtiyorida bo'lgan qarorgoh ko'rimsiz bo'lgandi. Yillar davomida bu kabi muammolar ham bartaraf etilib, futbolchilarimizga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Ayni paytda 14 ta yosh toifasidagi terma jamoalarimiz faoliyat yuritishmoqda. Bularning barchasi o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi. Futbolimizga xukumat darajasida etibor qaratilishiga ko'plab mamlakatlarda havas qilishadi. FIFA mutasaddilari ham yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarga qoyil qolishmoqda. Negaki, futbolimizni rivojlanishi va uning poydevori uchun o'tgan vaqt davomida juda katta mablag' sarflandi.

Uchrashuv davomida muxlislardan biri oldinlari hakamlarni bahosi matbuotda ham elon qilinishini aytib, keyingi paytlarda bu hol sir saqlanayotganligini bildirdi. Ishqibozlar o'rtasida turli xil tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida hakamlarga qo'yiladigan baholarni imkon bo'lsa yana barchaga elon qilinsa degan taklifni o'rtaga tashladi. Bu borada va umuman hakamlik xususida M.Usmonov quyidagilarni gapirdi:
Federaciya prezidenti sifatida ish boshlagan paytimda, hakamlik masalasi juda achinarli darajada edi. O'sha yillari chempionat boshidanoq sovrinli o'rinlarni qaysi jamoalarga nasib etishiga oydinlik kiritib bo'linar ekan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda birinchi navbatda hakamlar bilan uchrashib, ularning masalasini muhokama qildik. Qachonki, chempionatda 3-4-o'rinlar uchun kurash so'nggi turlargacha davom etib, kurash keskin tus olsagina o'sish kuzatiladi. Maydonga tushgan jamoalar so'nggi soniyalargacha keskin tarzda kurashishsagina muxlislar bundan zavq olishadi.

Avvallari hakamlar bitta o'yinni boshqarganliklari uchun kam miqdorda haq olishardi. Bugungi kunda esa bitta bahsni boshqargan hakam 1 400 000 so'm pul olishmoqda. Agarda bir mavsum davomida 10 ta uchrashuvda ishlaydigan bo'lsa yaxshigina daromad qilishi mumkin. Hakamlarni qaysidir jamoaga sotilganidan xabar topsak, darhol u kim bo'lishidan qatiy nazar bu sohada ortiq ishlamaydi. SHu bilan birgalikda, o'sha jamoaga va uning rahbarlariga tegishli choralar ko'ramiz. Bugungi kunda hakamlik borasida bir qator yutuqlarni ham qo'lga kiritmoqdamiz. Buning samarasi o'laroq yurtimizda FIFA hakamlarining soni ortib bormoqda. Hozirda ularning soni 10 nafarga etgan. Bular orasida Ravshan Ermatovni alohida tilga olish mumkin. Ermatovni jahon chempionatining ochilish uchrashuvini boshqarishga erishganligini o'ziyoq mehnatlarimiz samarasidan darak berib turibdi. Axir, so'nggi paytlarda qaysi MDH davlatlarining hakamlari bu kabi natijani qayd etishdi?

Hakamlarning bahosi xususida juda yaxshi taklif bildirildi. Bu haqda gapiradigan bo'lsam, hakamlar bahosini hech kim bilmasligi rost. Keyingi o'yinlardan boshlab hakamlar xujjatidan ko'chirmaga ularni nazoratchi tomonidan qanday bahoga loyiq ko'rilganliklarini ham elon qilamiz (zalda gulduros qarsaklar yangradi).
Usmonov Navbahor jamoasining ishtiroki va bugungi kuni haqida ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi: Navbahor masalasi yuzasidan viloyat hokimi bilan suhbatlashdik.

Qanchalik achchiq bo'lmasin, so'nggi etti-sakkiz yilda Navbahor eng bechora jamoalardan biri bo'lib qoldi. Bunga turli xil salbiy holatlar sabab bo'ldi. Birinchi navbatda rahbarlarni bir so'zli bo'lmaganliklarini etirof etish joiz. Yani bugun bitta gapni aytsa ertasiga boshqa gapni aytardi. Xullas jamoada bir so'zli rahbarni va murabbiyni topish mushkul edi. Bugungi kunda esa vaziyat biroz o'zgargandek. Yorqin misol sifatida Paxtakor va Navbahor uchrashuvini keltirib o'tishim mumkin.

Navbahor futbolchilari Toshkentda shunday yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ular namoyish etgan o'yinni hali terma jamoalarimiz ham ko'rsatishganicha yo'q. Futbolchilar maydonda butun vujudlari bilan Namangan farzandiman, Navbahor futbolchisiman, taslim bo'lmayman deya oxirgigacha bor kuchlari bilan to'p surishdi. So'nggi daqiqalargacha borini berib o'ynaydigan jamoalar kam. O'sha kuni har bir futbolchini yuziga qarab, ularni yonib ketayotganligini payqash qiyin bo'lmadi. Futbolni munosib tarzda tahlil qilish va baho berish uchun o'yinni televizor orqali tomosha qilish lozim. O'yingohda tahlil qilish yoki baho berish uchun imkoniyat bo'lmaydi. O'sha uchrashuvni tomosha qilib, Navbahor o'yinchilariga maftun bo'lib qoldim. SHu 93-daqiqada ro'y bergan vaziyat hammasini o'zgartirib yubordi. Bu erda gap hakamda ham emas, belgilangan penaltida ham emas. Negaki, bularni maxsus komissiya ko'rib chiqib baho beradi.

Ertasiga ko'rib ham chiqildi. Esda qolarli vaziyat shundaki, Navbahor futbolchilariga o'sha kuni ruxsat berilganida, hakamni eb qo'yishar yoki kaltaklashardi. Gap kaltakda ham emas, asosiysi futbolchilar ichlaridan yonib ketishayotgandi. Demak, bu bolalarda bir narsa bor va ulardan nimadir chiqadi. Ana shuni ko'rib turib birinchi navbatda Ashurmatovni yaxshi jamoani tuzganiga amin bo'ldim. Baxtiyor yaxshi futbolchi bo'lgan. Murabbiylik borasida ham yaxshi natijalarga erishmoqda. Misol uchun o'tgan yili Gulistonda ham yaxshigina jamoani shakllantirgandi. Bir qator jamoalar bundan cho'chib ham qolishdi.

Lekin, mablag' masalasi ko'ngildagidek bo'lmaganligi bois vaziyat ko'ngildagidek bo'lmadi. Hozirgi kunda bitta jamoani saqlab turish uchun yillik smeta kamida 10 milliardni tashkil etishi lozim. Ayni paytda Navbahorni na avtobusi bo'lsa va na qarorgohi bor, shu bilan birgalikda katta miqdorda qarzdor bo'lsa bunday sharoitda qani aytinglarchi qanday natijani talab qilish mumkin. Qoni qaynab turgan futbolchilarga etibor berilsa, Navbahorni bu yil eng kamida 3-o'rinni olishga kuchi etadi. Hozirda Ashurmatovni milliy terma jamoaga yordamchi murabbiy bo'lganidan xabardorsizlar. Avvalambor, Baxtiyor odobli va uzoqni ko'radigan murabbiylardan sanaladi. Eng yaxshi fazilati esa jamoadagi futbolchilar bilan bir oila bo'lib oladi. Buning natijasida ko'pchilikni hurmatiga sazovor bo'ladi. Bunday murabbiylar futbolimizga kerak.

 Mavsum boshida yaxshigina tarkibni yig'ibdi. SHu o'rinda Navbahor muxlislariga ham rahmat aytmoqchiman. Paxtakorga qarshi uchrashuvni bevosita o'yingohda tomosha qilgan ishqibozlar jamoani munosib tarzda qo'llab-quvvatlashdi. Turli xil baqir-chaqirlarni o'rniga futbolchilarni olqishlaganlari uchun ming rahmat. Fidoiiy muxlis, murabbiy va futbolchiga ega bo'lgan jamoani faqat olqishlash mumkin. Aynan shu sababli ham ishqibozlar bilan uchrashishni lozim topdim.

O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Navbahor jamoasining bugungi kundagi moliyaviy ahvoli va homiylik xususida ham fikr yuritdi: Ayni paytda viloyat hokimiga ham oson tutib bo'lmaydi. U kishi ham imkoniyat darajasida jamoani yuksalishi uchun harakat qilmoqda. Hozirda Navbahorga O'zbekiston Oziq ovqat sanoati korxonalari uyushmasi va O'zvino sanoat xolding kompaniyasi homiy etib tayinlanib, ushbu uyushmalarning har biri bir yilda jamoaga bir milliard so'mdan homiylik yordamini ko'rsatishar ekan. Viloyat hokimiyati esa yillik smetani olti milliard qilib belgilasada, nari borsa 2,5 milliard so'm pul topib bermoqda xolos.

Axir to'rt milliard so'mlik smeta bilan qanday qilib yuqoriga intilish mumkin. Bu juda mushkul vazifa. Paxtakorga qarshi o'yindan boshlab, Navbahorga qanday qilib yordam bersa bo'ladi deb o'ylay boshladim. SHu kunlarda FIFAning kongressida ishtirok etish maqsadida xorijga jo'nab ketaman. Bu kabi anjumanlarda dunyoning turli chekkalaridan boyvachchalar tashrif buyurishadi. Xudo xohlasa, ularning birortasini iyun oyi oxirlarida yurtimizga Navbahor futbol klubini tasischisi sifatida olib kelishga harakat qilaman. Ular futboldan yiroq bo'lishsada, mablag' berish orqali FIFAga va futbolni rivojlanishiga hissa qo'shib kelishadi. Aynan shu o'ylagan rejamizni amalga oshirish orqali yuzaga kelgan bir qator muammolarni echish imkoni yuzaga keladi (zalda yana gulduros qarsaklar yangradi).

Navbahor klubi rahbariyati, murabbiylar va futbolchilar bilan bo'lib o'tgan uchrashuv yakuniga etgach, bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov hamda mahoratli himoyachi Yuriy Rijkolar Navbahor jamoasi azolari nomidan O'FF prezidentiga futbolchilar imzosi tushirilgan to'p hamda Usmonov familyasi yozilgan Navbahor futbolkasini sovg'a qilishdi. SHu bilan birgalikda, jamoa ishqibozlari ham o'z nomlaridan Mirabror Usmonovga maxsus sovg'alarini va tashakkurnomani taqdim etishdi.

SHavkat Sodiqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика