So’nggi yangiliklar

15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  0 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  6 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  4 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  10 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  13 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  5 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6

Miodrag Radulovich: "O'zbekiston - Livan uchrashuvi har ikkala tomon uchun foydali" Yangiliklar

Miodrag Radulovich: "O'zbekiston - Livan uchrashuvi har ikkala tomon uchun foydali"

Livan terma jamoasi bosh murabbiyi Miodrag Radulovich O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan "Championat.asia" saytiga o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalo shuni aytishim mumkinki, men O'zbekistonni juda hurmat qilaman. Ertangi o'yinga keladigan bo'lsak, tarkibda yo'qotishlar mavjud. Livan terma jamoasining 3-4 nafar futbolchilarida jarohat borligi sabab ularning xizmatidan foydalana olmayman. SHunday bo'lsada, bo'lajak uchrashuv juda qiziqarli o'tishini kutmoqdaman. Mazkur bahs biz va raqib uchun foydali o'yinga aylanadi.

Livan va O'zbekiston chempionatlarini taqqoslamagan bo'lardim. CHunki Livanda yarim professional jamoalar ko'p. Infrastruktura borasida ham O'zbekiston ancha ildam", - dedi Livan bosh murabbiyi Miodrag Radulovich.

O'zbekiston terma jamoasining o'rtoqlik uchrashuvidagi raqibi Livan bosh murabbiyi Miodrag Radulovich so'rovimizga labbay deya javob qaytardi va o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ammo O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper yig'in va o'yin oldidan matbuotga hech qanday fikr bildirgani yo'q. Xattoki O'FA rasmiy saytida ham bosh murabbiyimizning fikrlari chop etilgani yo'q.

Bizga malum bo'lishicha, ertangi uchrashuv oldidan hech qanday matbuot anjumani tashkil etilmagan.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика