So’nggi yangiliklar

00:50АПЛ. "Ливерпуль" 90+6 дақиқада "Лидс"дан тўп ўтказиб юборди ва ғалабани қўлдан бой берди  31 00:45Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик  29 00:29МЛС кубоги финали. Месси, Суарес, Бускетс, Де Пауль ва Альбаси бор “Интер Майами” “Ванкувер”га қарши баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  11 00:18"Атлетик" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 00:14А Серия. "Интер" ўз уйида "Комо"ни тор-мор этди  2 00:08Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Фенербахче" билан дуранг ўйнади, Шомуродов ва Файзуллаев илк дақиқалардан майдонда тушди  35 22:42Ўзбекистон МТЖнинг ЖЧ-2026 гуруҳ босқичидаги тақвими маълум  10 22:01АПЛ. "Ман Сити" ва "Тоттенхэм"да ғалаба, "Челси"да эса дуранг  28 21:46Бундеслига. "Бавария"дан 5:0, "Байер" эса меҳмонда мағлубиятга учради  1 21:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Коняспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  3 20:00Ўзбекистон U-21 га Иордания ва Қатарга қарши ўйинлар учун кимлар чақирилди?  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" 90+5 дақиқада урилган гол эвазига "Арсенал"ни мағлуб этди ва жадвалда иккинчи ўринга кўтарилиб олди  36 17:49"Нефтчи" янги мавсум олдидан Ислом Исмоилов иштирокида матбуот анжумани ўтказди  18 17:30Достон Турсуновнинг ягона голи жамоасига ғалаба келтирди   2 17:04Лига ишчи гуруҳи Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони билан ишлашда давом этмоқда  2

Miodrag Radulovich -Milovichning terma jamoaga chaqirilishi, o'zbek jamoalarining taklifi, "Paxtakor" va Odil Ahmedov haqida Yangiliklar

Miodrag Radulovich -Milovichning terma jamoaga chaqirilishi, o'zbek jamoalarining taklifi, "Paxtakor" va Odil Ahmedov haqida

Xabaringiz bor, "Navbahor"ning chernogoriyalik himoyachisi Milosh Milovich CHernogoriya terma jamoasining FIFA kunlaridagi yig'inlariga chaqirildi.

O'zbekiston chempionatida to'p tepayotgan evropalik legionerlarning o'z terma jamoasiga chaqirilishi muntazam kuzatiladigan holat hisoblanmaydi. Milovichning CHernogoriya terma jamoasiga chaqirilishi yuzasidan bosh murabbiy Miodrag Radulovichga bir nechta savollar bilan murojaat qildik. Sir emaski, Radulovich o'zbekistonlik muxlislarga "Paxtakor"dagi faoliyati bilan yaxshi tanish. Uni o'zbek futboli bilan bog'lab turadigan birdan-bir omil ham "Paxtakor". Tabiiyki, suhbat davomida yurtimizdagi faoliyati, unga bo'lgan takliflar haqida ham so'radik. 

"Navbahor" himoyachisi Milosh Milovich CHernogoriya termasiga chaqirildi. Futbolchi Evro – 2024 saralashida qatnashadi

- Janob Radulovich avvalo intervyuga va ayrim savollarimizga javob berishga vaqt ajratganingiz uchun tashakkur. "Navbahor"da to'p tepayotgan Milovichni terma jamoaga jalb qilishingizga nima turtki bo'ldi?

- Milovich yaxshi himoyachi. U Serbiyada yaxshi mavsum o'tkazdi. Unda ko'p jamoalardan takliflar bor edi. Mendan maslahat so'radi va unga O'zbekiston chempionatini taklif qildim, sababi O'zbekiston chempionatining darajasidan yaxshi xabardorman. Samvel Babayan bilan birga ishlaganman va Milovichga ham u bilan hamkorlikni taklif qildim.

- Futbolchilarni jalb qilishda ular to'p tepayotgan chempionatning darajasi siz uchun qanchalik muhim? 

- O'zbekiston chempionati yildan-yilga o'sishga erishmoqda. Infratuzilma ham ancha yangilangan. So'nggi yillarda stadionlar qurildi. Men ishlagan vaqtimda holat umuman boshqacha edi. Hozir har bir klubda ajoyib maydoni bor. Milovich bunday muhitda o'ynashdan zavq olmoqda. U menga O'zbekistonda rohatlanayotganini aytdi. "Navbahor" safida yaxshi va barqaror o'yin namoyish etayotgani uchun terma jamoaga chaqirdim. Sir emas terma jamoamizda kuchli himoyachilar bisyor. "Atletiko"dan Stefan Savich, Jarko Tomashevich, Nikola SHipchich va boshqalar. Milovich bizga Evro-2024 saralashila yordam beradigan futbolchilardan biri. 

- O'zimni qiziqtirgan savol. Sizga 2015 yil "Bunyodkor"dan, 2021 yil O'zbekiston terma jamoasidan taklif bo'lgan. Bu "Paxtakor"dan ketganingizdan keyin bir necha yil o'tib ro'y bergandi...

- Men O'zbekistonda ajoyib damlarni o'tkazganman. Yurtingizda ko'p do'stlarim bor va ular bilan doim aloqadaman. Mamlakat chempionati va terma jamoa o'yinlarini kuzatib boraman. Livanda ishlagan vaqtimda O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazganmiz. Klublar va terma jamoalar bilan doim aloqam bo'lgan. Lekin hozirda amalda shartnomam bor. Keyingi faoliyatim davomida yana bir marotaba O'zbekistonga qaytarman, balki klubda ishlarman, balki terma jamoada.

- O'zbek futbolining hozirgi holati sizni qiziqtiradimi? Qaysi voqeani katta qiziqish bilan qarshi oldingiz?

- "Paxtakor"da ishlagan mavsumimda chempionatda "Paxtakor", "Bunyodkor", "Nasaf" etakchilar qatorida edi. Hozir esa OKMK, "Navbahor" kabi jamoalar chempionlikka davogarlik qilmoqda. Viloyat jamoalarining chempionlikka intilayotgani liga rivojalanayotganidan dalolatdir. Bu mavsum ham qiziq o'tmoqda, deya olaman. Kim chempion bo'lishi barchaga qiziq. Garchi hamma bellashuvlarni kuzata olmayotgan bo'lsam ham "highlights"larini ko'rib bormoqdaman. Bo'sh vaqtim topsam, "Paxtakor" va milliy terma jamoa o'yinlarini tomosha qilaman.

- "Paxtakor"da ishlagan vaqtingizda ajoyib futbolchilar jamlangandi. Odil Ahmedov, Aleksandr Geynrix, aka-uka Tojievlar. Qaysi futbolchi professionalligi, o'zini tutishi bilan ajralib turgan?

- Odil Ahmedov bilan ajoyib damlarda birga ishlashga muvaffaq bo'lganman. U men bilan ishlagan zo'r futbolchilardan biri edi. Qaysidir manoda top jamoalarda o'ynash salohiyatiga ega futbolchi hisoblanardi. Geynrix, Tojievlar yaxshi o'yinlar namoyish etishganini unutmaslik lozim. Savich, Vuchinich, Vidich, Yovetich kabi futbolchilar jamoasida faoliyat olib borgan murabbiy sifatida aniq aytamanki, o'zbek futbolchilarining darajasi ancha baland. 

- Toshkent derbilari yodingizda bo'lsa kerak?

- "Bunyodkor"da Rivaldo, Denilson, Ristich kabi yulduzlar to'p tepgan. "Paxtakor"dagi erishgan natijalarim bilan g'ururlanaman. OCHLda guruhdan chiqib pley-offda munosib o'yin ko'rsatganmiz.  O'sha vaqtlari "Paxtakor" va "Bunyodkor" o'rtasida kurash bo'lar edi. Hozirgi kunda "Navbahor", "Nasaf", "OKMK" kabi jamoalar ham ancha kuchli. Men olimpiya o'yinlarida, Osiyo kubogida, turli xil kuchli chempionatlarda ishladim va jami 23 yil umrimni murabbiylikka bag'ishladim. Hozirgi vazifam o'z terma jamoamni mintaqadagi eng katta musobaqaga olib chiqish. Intervyuga taklif qilganingizdan juda xursandman. Barcha O'zbekistondagilarga salom yo'llayman. O'zbekistondagi do'stlarim, tanishlarim va barchaga omad tilayman. Osiyo kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasiga muxlislik qilaman. Umid qilamanki, yaqin vaqt ichida sizlar bilan ko'rishamiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика