So’nggi yangiliklar

16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  3 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  0 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  6 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  0 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  2 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  3 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10

Minskdagi mag'lubiyat. Kalavaning uchini yo'qotib qo'ydikmi? Yangiliklar

Minskdagi mag'lubiyat. Kalavaning uchini yo'qotib qo'ydikmi?

Bundan bir necha oy avval Tojikistonda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Qirg'iziston darvozasiga 90+4-daqiqada gol urib sharmandali mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

Kecha esa hech qachon bunday yirik hisobda imkoniyatni boy bermaganimiz belaruslardan 4ta gol o'tkazib yubordik.

Baxtimizga ular keyinchalik xotirjamlikka berildi va biz hisobni biroz qisqartirishga erishdik. Yana shuni unutmasligimiz lozim, bugun Belarus futboli "Arsenal"dagi o'yinlari bilan tilga tushgan Gleb o'ynagan davrda bo'lgani kabi FIFAda yuqori reytingda emas. U erda ham futbol biz kabi yildan yilga FIFA reytingida ortga qarab ketayotgan davr. 2011 yil yanvarida terma jamoa 37-o'ringacha yuqorilagan. So'nggi yillardagi muvaffaqiyatsizliklar esa ularni "kuchli yuztalik"da (95-o'rin) saqlab turibdi. 2004-2006 yillarda o'zining shonli davrini o'tkazgan O'zbekiston MTJ ham Belarus kabi so'nggi 10 yillikda qulay boshladi. 2018 yil "kuchli yuztalik"dan chiqib ketishiga bir bahya qolganida bugun 84-o'rindamiz.

Asqar Tolibjonov degan mutaxassis bo'lardi. Rosa tanqid ostida qolgan mutaxassis davrida O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoalari JCHlarni qo'ldan boy bermay keldi. Haftada bir terma jamoa murabbiylari yig'ilib hisobot topshirar edilar. Terma jamoalarga o'sha davr uchun eng kuchli bo'lgan murabbiylar tayinlanardi: Ubaydullaev, Musaev, Evstafeev, Nuraliev, Haydarov... Hozir o'z davrining kuchlilari emas, endi ish boshlayotgan yoki 20 asrda nom qozongan murabbiylarga murojaat qilyapmiz. CHunki O'FAda terma jamoalar bo'yicha reja yo'q. Reja bo'lganida bugungi ahvolga tushib qolmasdi. Terma jamoalar bo'limi, xalqaro bo'lim, selekciya bo'limi shu kungacha bir stolda o'tirib, murabbiylar kengashi degan, ammo biz uchun unut bo'lib ketgan bo'lim bilan o'tirib ish rejasini ishlab chiqqanligini bilmaymiz. Balki bu yoritishga arzigulik voqeamasdir, ko'rmadik.

Eng qizig'i, oy sayin terma jamoalarimizning ishi orqaga ketyapti, hech kim bu muammolarni o'z gardaniga olib, bu erda xato qildik, endi mana shu ishni to'g'rilashimiz kerak deb aytayotgani yo'q. Endigina futbolni tugatgan Server Jeparovga O'FA biryo'la 3ta ishni topshirib qo'ydi. O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoalari hamda murabbiylarni tayyorlash bo'limi. 2018 yil futbol o'ynab turgan sobiq futbolchi, yil oxiriga kelib bir deganda ikkita terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu bilan biz mutaxassis tayyorlamaymiz, aksincha uni boy beramiz. O'FA avval Jeparov, Kapadze, Koshelev kabi mutaxassislarni chet elda o'qitib, keyin ularga oz-ozdan ish bersa yaxshi bo'lardi. Kapadzedek istedodli murabbiylar 10-15 yilda bir chiqadi. Qolganlarni jiddiy o'qitish kerak.

Avvallari har bir terma jamoaga O'FA jiddiy sharoitlarni yaratib berardi. SHaroitdan muammo bo'lmagan. Toshkentdagi xalqaro o'rtoqlik o'yinlarining chegarasi bo'lmagan. Asosiy tayyorgarlik Evropada bo'lardi, arab davlatlariga faqat bepul chaqirishsagina borilardi. Terma jamoalar bo'limi mana shu erda o'zining darajasini ushlab olgan edi. Biz nafaqat FIFAda, balki raqiblar oldidagi reytingimiz ham kundan kunga tushib borayotganini etibordan chetda qoldiryapmiz.

3 yil terma jamoalar bilan ishlagan Server Jeparov va uning murabbiylar shtabi 2005 yillar terma jamoasidan ozod qilindi. Bilishimizcha, Usmon Toshev na Ermatov, na Ahmedov bilan kelishmagan holda Rauf Inileevga "ish berdi". Bu insonni hurmat qilamiz, ammo uning yordamchilarini ham terma jamoalar bo'limi tuzib berganini xato deb bilamiz. Mamlakatning 2005 yillar o'rtasidagi ikkita kuchli jamoasining murabbiylaridan birontasi murabbiylar shtabidan joy olmaganidan esa hayron qolish mumkin, xolos. Undan keyin Rauf Inileevning bugungi o'yinlar orqali salomatligiga salbiy tasir o'tkazib qo'ymaymizmi, bilamiz, tasirchan inson.

Bilishimizcha, 2005 yillar terma jamoasidan ishdan olingach, Server Jeparov o'z xohishi bilan 2006 yillar terma jamoasidan ham bo'shash uchun ariza yozgan. Zamonaviy futbolda bir kishi jonini bitta yo'nalishga berishi kerak, buni tushunish lozim. Bizda hali Gvardiola, Tuxell, Klopp kabi murabbiylar yo'q, bir deganda 2-3ta vazifani bajarsa. O'zbekiston futbol jamoatchiligida bitta yo'nalish birinchi o'rinda turadi, u ham bo'lsa bitta murabbiy bir vaqtda bir nechta ishda faoliyat olib borishi bilan.

Qizig'i O'zbekistonda yoshlar va o'smirlar terma jamoasining murabbiylariga katta haq to'lanmaydi va shular biz uchun keyinchalik 2 million AQSH dollarigacha yillik daromad ko'radigan murabbiylarga futbolchi tayyorlab berishlari kerak bo'ladi. Aksincha, pastdan maoshlarni oshirsak, tepaga bunday katta xarajat qilish shart emasligi haqida esa o'ylab ham ko'rmaymiz.

O'FAga uchta maslahat bergan holda maqolani tugatamiz:
1. Terma jamoalar bo'limiga kerakli menejer mutaxassis qo'yish.
2. Xalqaro bo'limga kerakli mutaxassislarni qo'yish.
3. Yoshlar va o'smirlar terma jamoalariga kerakli mutaxassislarni qo'yish.

Bizni qiynayotgan savol boshqa. So'nggi 3 yilda qaerga qaramay, bolalar futboliga etibor oshgan degan xabarlarni o'qiymiz. Lekin kichik terma jamoalarimiz bolalar futboli rivojlanmagan davrga qaraganda natijalari yomonlashib ketayotganligini ko'ramiz.


Aqrab Aliev

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика