Mini-futbol: Ettita yosh toifasidagi guruhlarda Respublika birinchiligi bo'lib o'tdi
12 fev 2018 20:51
Yangiliklar


Mini-futbol: Ettita yosh toifasidagi guruhlarda Respublika birinchiligi bo'lib o'tdi
O'zbekiston futbol Associaciyasining yillik taqvimida belgilangan Respublika birinchiligi 11 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan ettita yosh toifasidagi guruhda tashkil etildi.
Respublikaning barcha hududlaridagi Maxsus futbol maktab-internatlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o'smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o'smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o'smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o'rtasida tashkil etilayotgan musobaqaning dastlabki bosqichi juda qiziqarli ruhda o'tdi. O'zaro bahslarda g'olib chiqqan guruhlar musobaqaning keyingi bosqichiga yo'l olishdi.
Musobaqani tashkil etishdan ko'zlangan maqsad mamlakatning barcha hududlarida bolalar va o'smirlar o'rtasida mini-futbolni yanada rivojlantirish va ommalashtirish, yosh futbolchilarning mahoratini oshirish, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga iqtidorli yoshlarni jalb qilishdan iborat.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar