So’nggi yangiliklar

22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  0 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  0 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  7 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  11 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  1 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0 19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 19:24Де ла Фуэнте: "Карвахаль ва Родри – ўз позициясида дунёнинг энг яхши икки футболчиси"  1 18:56CAFA Nations Cup. Ҳиндистон Афғонистон билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга жойлашди  7 18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  1 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  6 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  26 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  58

Mini futbol-2017. “Sevinch” chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

Mini futbol-2017. “Sevinch” chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi

Bugun Toshkent shahridagi “Yoshlik” sport arenasida ayollar o'rtasidagi mini futbol bo'yicha XIII O'zbekiston chempionati start oldi.

O'zbekiston ayollar futboli assosaciyasi tomonidan har yili yanvar-mart oylarida ayollar o'rtasida ushbu chempionat muntazam o'tkazib kelinadi. Futbolning ushbu turida nafaqat professional futbol klublari balki havaskor jamoalar ham ishtirok etadi.

Bu yilgi chempionatda quyidagi jamoalar ishtirok etishmoqda:

  “Sevinch” (Qarshi)
  “SHo'rtan Lady” (G'uzor)
  “Paxtakor W” (Toshkent)
  “Yuz robot” (Toshkent)
  “Qirq qiz” (Nukus)
  “Alanga S” (Jizzax)
  “Baxmal” (Jizzax vil.)
  “Oqqo'rg'on” (Toshkent vil.)
  “TATU” (Toshkent)

Ko'rib turganingizdek, bu yilgi chempionatda Andijonning “Andijanka” jamoasi ishtirok etmayapti. SHuningdek har yili ishtirok etib keladigan, Buxor shahri jamoasi ham bu yilgi chempionatga tashrif buyurmadi.

Bugun chempionatning dastlabki bosqichi, 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Faqat jizzax viloyatining “Baxmal” jamoasi bugun uchrashuv o'tkazmadi, ushbu jamoa ertaga uchrashuvlarga kirishadi.

Quyidagi bugungi uchrashuvlar natijalari bilan tanishtirib o'tamiz:

“SHo'rtan Lady” – “Paxtakor” 3:4

“TATU” (Toshkent) – “Oqqo'rg'on” (Toshkent vil.) 7:0

“Qirq qiz” (Nukus) – “Alanga S” (Jizzax) 4:0

“Sevinch” jamomiz ushbu futbol turida mamlakatimizdagi etakchi va o'n ikki karra chempioni hisoblanadi. Jamoamiz bu safar ham chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi. Jamoamizning bugungi raqibi Toshkent shahrining “Yuz robot” jamoasi bo'ldi. Raqiblariga nisbatan ancha katta tajribaga ega bo'lgan jamoamiz futbolchilari toshkentliklar darvozasiga 13ta gol kiritishdi. Hushyorlikni biroz yo'qotgan jamoamiz o'z darvozasidan 2 marta to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. Uchrashuv 13:2 yirik hisobidagi jamoamizning g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi gollarga Malika Burxonova (1), Nilufar Qudratova (1), Maftuna Panjieva (1), SHaxzoda Jamolova (1), Kamola Riskieva (2), Maftuna SHoyimova (4), Ilvina Ablyakimova (2), SHoira Qulto'raevalar (1) mualliflik qilishdi.

Quyida uchrashuv qaydnomasini etiboringizga havola qilamiz.

Mini futbol bo'yicha  XIII O'zbekiston chempionati. Dastlabki bosqich, 1-tur

“Sevinch” (Qarshi) – “Yuz robot” (Toshkent)  13:2 (10:0)

Toshkent sh., “Yoshlik” sport arenasi. 23.01.2017 yil

Hakamlar
: Edita Mirobidova, Aleksandra Konchikova, Lyudmila Geyger, Anna Sidorova.

Gollar: Malika Burxonova (5′-1:0), Nilufar Qudratova (7’-3:0), Maftuna Panjieva (8’-4:0), SHaxzoda Jamolova (9’-5:0), Kamola Risqieva (11′-6:0, 18’-8:0), Maftuna SHoimova (5’-2:0, 16’-7:0, 20’-10:0, 31’-11:2),  Ilvina Ablyakimova (19′-9:0, 32’-12:2), SHoira Qulto'raeva (34’-13:2) – SHahlo Zaynitdinova (24’-10:1), Jasmina Abdug'anieva (25’-10:2).

“Sevinch”: 1.Laylo Tilavova, 12.Matluba Abdirasulova, 8.Kamola Riskieva (s),  11.SHaxzoda Jamolova, 10.Ilvina Ablyakimova, 17.Tanzilya Zarbieva, 27.SHodiya Tosheva, 37.Malika Burxonova, 77.Nilufar Qudratova, 7.SHoira Qulto'raeva, 20.Maftuna Panjieva, 25.Maftuna SHoimova, 21.Feruza Boboxo'jaeva, 18.Sevara Normurodova.

“Yuz robot”: 1.Lyudmila Jumaeva, 2.Ziyoda Isakova, 8.Nilufar Baxtiyorova (s), 10.SHahlo Zaynitdinova, 11.Alsu Bulatova, 13.Zarina Yusupova, 7.Polina Mixanko, 19.Linda Nazar, 21.Jasmina Abdug'anieva, 18.Sabrina Sobirjonova, 4.Viktoriya Sirota, 22.Rano To'ychieva, 17.Robiya Rahimova, 5.Angelina Akteryakova.

Ertaga bo'ladigan uchrashuvlar taqvimi:


09:00  ”Sevinch” – “Paxtakor W”

10:00  ”Yuz rabot” – “Baxmal”

11:00  ”Alanga S” – “TATU”

12:00  ”Oq qo'rg'on” – “SHo'rtan Lady”

Dam olish: “Qirq qiz”.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика