Mings "Manchester Yunaytedga o'tishi mumkin

31 iyul 2020, 20:26
"Qizil iblislar" mavsumlar oralig'ida mudofaaning markaziy qismini mustahkamlab olmoqchi.

ESPN xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" katta ehtimol bilan "Aston Villa" himoyachisi Tayron Mingsni sotib oladi. Ushbu poziciyaga ikkinchi nomzod "Milan" sardori Alessio Romanoli ekani aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, 27 yoshli Tayron Deong Mings "Aston Villa" tarkibiga 2019 yilning yanvarida "Bornmut"dan kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN