So’nggi yangiliklar

22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  8 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  94 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  9 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  8 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  43 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  6 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  13 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  19 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  3 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  8 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4

Minbarda "So'g'diyona" klubi matbuot kotibi: Umid Raimjonov Yangiliklar

Minbarda "So'g'diyona" klubi matbuot kotibi: Umid Raimjonov

Saytimizda klub matbuot xizmati vakillari bilan suhbat uyushtiramiz va ularning ish faoliyatlari bilan tanishamiz.

Umid Raimjonov, “So'g'diyona  matbuot  xizmati  xodimi:

1. Bu klubga kelishingiz qanday yuz bergan va qachondan beri ishlayapsiz?
Avvalo, Meni  futbol jurnalistikasiga qaytishimga sababchi bo'lgan Nodirxo'ja Yo'ldoshev va SHuhrat aka SHokirjonovlarga katta rahmat aytaman. Futbol jurnalistikasiga 1998 yilda kirib kelganman. O'sha vaqtlari ham “So'g'diyona” bilan birga bo'lganman, imkon qadar jamoaning barcha o'yinlarini Jizzax shahar televideniesiga sharhlab efirga berilishida muxlislar uchun xizmat qilganmiz. 2007 yildagi terma jamoamizning omadsiz yurishi menga jiddiy tasir qilgan va jurnalistikadan biroz uzoqlashganman. Oradan 2-3 yil o'tib Nodirxo'ja bilan o'zbek futboli haqida yurakdan suhbatlashganimizdan so'ng, chempionat.uz sayti rivoji uchun bajonidil hamkorlikda ishlay boshladik. 2014 yil fevral oyidan esa “So'g'diyona” PFK da rasmiy ravishda klub matbuot kotibi vazifasida ishlay boshladim.

2. Matbuot xizmati bo'limida necha kishi faoliyat yuritadi?
Klub matbuot xizmatida bir o'zim faoliyat yuritaman. Viloyatdagi OAV vakillari bilan aloqalarimiz yaxshi yo'lga qo'yilganligi uchun ular ham imkon qadar menga uchrashuvlar davomida ko'maklashib kelishadi. Bu uchun ularga ham o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.  SHuningdek, bazida uchrab turadigan texnik nosozliklar bo'lgan vaqtda qadrdon hamkor saytimiz Championat.asia da xabarlarimizni o'z vaqtida muxlislarga etkazib borishga harakat qilamiz. Bu borada Narzulla Saydullaev, SHahboz Beg'amov va Humoyun Davurovlarning ko'magi uchun rahmat aytaman.

3. Klub tomonidan qancha maosh to'lanadi? Yaratilgan sharoit sizni qoniqtiradimi?

Klubdan olayotgan maoshimdan nolimayman, men uchun asosiysi klubimizning omadli yurishi. Yangi stadionimizda matbuot xizmati uchun alohida xonalar ajratib berilgan. Klubimiz prezidenti OAVga har doim etibor qaratib, har bir murojaatimizga o'z vaqtida yordam berib kelmoqda.

4. Klub faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Twitter) qay darajada yoritib boriladi?

Ko'pchilik etibor bergan bo'lsa , asosan Tvitterda faolroqmiz. Barcha uchrashuvlar tvitterdagi rasmiy sahifamiz orqali matnli translyaciya qilib boriladi. SHuningdek yangiliklar avvalo tvitterimizga qo'yiladi. Feysbuk, Instagram tarmoqlarida ham klub o'z sahifalariga ega. Veb saytimiz juda oddiy ko'rinishga ega bo'lsada yangiliklarni tezkorlik bilan o'z vaqtida elon qilib borishga harakat qilinadi. (Mavsum so'nggida saytimiz yangi, zamonaviy uslubdagi dasturlash ishlari bilan yangi qiyofaga keltirilishi rejalashtirilgan)

5. Safar o'yinlariga borish siz uchun muammo tug'dirmaydimi?

Hozirgacha bu borada muammo bo'lmagan. Klubimiz o'z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda jamoamizning mehmondagi uchrashuvlariga matbuot kotibini olib boradi.

6. Klub ekipirovkasini olasizmi?
O'tgan mavsum olgandim. Ushbu mavsumda olganim yo'q.

7. Mukofot puli olasizmi?
Jamoa rahbariyati mukofot puli beriladigan bo'lsa, matbuot xodimini ham esdan chiqarishmaydi. Buning uchun rahbariyatga tashakkur aytsam ham bo'ladi..

8. Jamoa bilan horij yig'inida ishtirok etasizmi?

Jamoamiz barchaga malumki yig'inlarni chet elda o'tkazmaydi. Yurtimizda o'tadigan barcha yig'inlarimizda qatnashib, imkon qadar jamoatchilikni yangiliklar bilan tanishtirib boraman.

9. Jamoa avtobusida massajchi, mamur va klub shifokorlari kabi o'z o'rningiz bormi yoki qaysi o'rindiq bo'sh bo'lsa o'sha erga o'tirasizmi?

Bu borada muammo yo'q.

10. Stadionda OAV vakillari uchun yaxshi servis yo'lga qo'yilganmi? Simsiz internet, yani wi-fi, media-tribuna va boshqa sharoitlar?

Yangi stadionimizda OAV vakillari uchun media tribunada 80 o'rin, mamuriy binoda sharxlovchilar va jurnalistlar uchun yana maxsus xona va joylar mavjud.  TPS internet kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan tijorat taklifini rahbariyatimiz o'rganib chiqishmoqda. Tez orada stadionda Wi-Fi internet aloqasi yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan.

11. Qaysi klub matbuot xizmatiga havas bilan qaraysiz va nega?

Rostini aytadigan bo'lsam, barcha hamkasblarimni ishiga havas bilan qarayman. Kimdir oz ishlaydimi yoki ko'proq ishlaydimi buning ahamiyati yo'q. Xalqqa etkazilayotgan har bir so'zning kelib chiqishi uchun baribir yurakdan mehnat qilinadi manimcha..


P.S. Ushbu loyiha matbuot kotiblarini klub rahbariyati oldidagi mavqeini oshirish maqsadida qilindi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика