So’nggi yangiliklar

02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  16 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2

Minbarda "Mashal" PFK matbuot kotibi: Humoyun Davurov Yangiliklar

Minbarda "Mashal" PFK matbuot kotibi: Humoyun Davurov

Saytimizda klub matbuot xizmati vakillari bilan suhbat uyushtiramiz va ularning ish faoliyatlari bilan tanishamiz.

Humoyun Davurov, “Mashal” PFK matbuot xizmati rahbari:


1. Bu klubga kelishingiz qanday yuz bergan va qachondan beri ishlayapsiz?

- “Mashal” klubida 2014 yilning 1 aprelidan boshlab faoliyat olib bormoqdaman. Klub vakillari meni shu klubga taklif etdi. Klub direktori menga malum muddat sinov berdi va shundan so'ng klub bilan shartnoma bo'yicha ishga o'tganman.


2. Matbuot xizmati bo'limida necha kishi faoliyat yuritadi?

- Matbuot xizmatida ikki kishi, men Humoyun Davurov va Bunyod Andaev ishlaydi. Bunyod Andaev menga foto va videolarni tayyorlashda yaqindan yordam beradi. Undan tashqari dastur va boshqa masalalarda birga ishlaymiz. Men klub haqida malumotlar va qolgan barcha masalada ish olib boraman.


3. Klub tomonidan qancha maosh to'lanadi? Yaratilgan sharoit sizni qoniqtiradimi?

- Klub tomonidan menga yaratilgan sharoitlarning barchasi meni qoniqtiradi. Oylik va boshqa moliyaviy masalalarda klub etarlicha sharoit yaratib bergan.


4. Klub faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Twitter) qay darajada yoritib boriladi?

- “Mashal” klubi brendini oshirish uchun barcha ijtimoiy tarmoqlar faol ish olib boradi. Umuman olganda har kuni sahifalar yangilanadi va kerakli axborotlar etkazib beriladi. Barcha ijtmoiy tarmoqlarda o'z sahifamizga egamiz.


5. Safar o'yinlariga borish siz uchun muammo tug'dirmaydimi?

- Ayni kungacha biron marta safar uchrashuvlarini o'tkazib yubormaganman. SHu bois bu borada umuman muammo yo'qligini bemmalol ayta olaman. Men klubning azosiman.


6. Klub ekipirovkasini olasizmi?

- Klub epikirovkasini olaman. Uchrashuvlarda va jamoa bilan birga bo'ganimda “Mashal” logotipi tushirilgan epikirovkalarda yuramiz. Aynan epikirovkasiz jamoa yig'ilish joylaridan yurish rahbariyat tomonidan taqiqlangan.


7. Mukofot puli olasizmi?

- Mukofat puli olaman. Bu qanday shaklda bo'lishidan qatiy nazar bu men uchun foydali.


8. Jamoa bilan horij yig'inida ishtirok etasizmi?

- Jamoaning yozgi va qishki yig'inlarida birga ishtirok etaman. Hozircha xorij yig'ini tashkil etilgani yo'q. SHu bois bir narsa aytishim qiyin. Rahbariyat va bosh murabbiy istasa xorij yig'ini tashkil etilsa borishim mumkin.


9. Jamoa avtobusida massajchi, mamur va klub shifokorlari kabi o'z o'rningiz bormi yoki qaysi o'rindiq bo'sh bo'lsa o'sha erga o'tirasizmi?

- Jamoada va avtobusda ketishda muammo bo'lmaydi. O'z joyim bor.


10.  Stadionda OAV vakillari uchun yaxshi servis yo'lga qo'yilganmi? Simsiz internet, yani wi-fi, media-tribuna va boshqa sharoitlar?

- Stadionimizda OAVlari uchun barcha sharoit yaratilgan. WiFi va boshqa kerakli barcha jihozlar bor. Yaqinda media tribunamiz butunlay qayta tamirlanmoqda. Unda bundan ham ko'proq sharoit bo'ladi.


11. Qaysi klub matbuot xizmatiga havas bilan qaraysiz va nega?

- Men “Qo'qon-1912” klubi matbuot xizmatiga havas qilaman. Ular saytiga har kuni xabar topa oladi. Bu hammaning ham qo'lidan kelmaydi.


P.S.

Ushbu loyiha matbuot kotiblarini klub rahbariyati oldidagi mavqeini oshirish maqsadida qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика