Minamino: "Enfild" - dunyodagi eng yaxshi stadion"
06 jan 2020 19:10
Yangiliklar
Minamino: "Enfild" - dunyodagi eng yaxshi stadion"
Hujumchi Takumi Minamino "Liverpul" tarkibida "Everton"ga qarshi o'yindagi debyuti haqida gapirdi.
"Baxtliman, endi men dunyoning eng buyuk jamoasining bir bo'lagiman. Endi men maydonda nimalarga qodir ekanligimni ko'rsatishim kerak. "Everton"ga qarshi o'yinda gol urish yoki assistent bo'lishni istagandim.
Faoliyatimdagi eng yaxshi o'yinlardan biri o'tdi. Angliyada futbol shunday o'ynalishini bilgandim, shu boisdan hech nimadan taajjublanganim yo'q.
Agressiv pressing va chiziqlar o'rtasidagi katta bo'shliqdan foydalanish "Zalcburg"dagi asosiy vazifamiz edi. Biroq bu erda tizim boshqacha, shu boisdan farqni tushunib, jamoaga moslashishim kerak.
"Enfild"? Bu futbolchi uchun eng yaxshi stadion. Muxlislar esa ajoyib ekan. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz", - dedi Minamino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar