Minamino - APLning 2 klubi tarkibida gol urgan 1-yaponiyalik
07 fev 2021 00:29
Yangiliklar


Minamino - APLning 2 klubi tarkibida gol urgan 1-yaponiyalik
2 fevral kuni "Liverpul" hujumchisi Takumi Minamino ijara asosida "Sautgempton"ga ko'chib o'tgani malum bo'lgan edi.
Yaponiyalik futbolchi yangi jamoasidagi debyut o'yinini bugun "Nyukasl"ga qarshi o'tkazdi. Angliya chempionatining 23-tur bahsini asosiy tarkibda boshlagan 26 yoshli forvard uchrashuvning 30-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Minamino shu tariqa APLning 2 jamoasi safida gol urgan tarixdagi 1-yaponiyalik o'yinchiga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar