Milner faoliyatini "Manchester Siti"da tugatmoqchi
17 fev 2015 12:43
Yangiliklar


Milner faoliyatini "Manchester Siti"da tugatmoqchi
Jeyms Milnerning kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Daily Mirror nashrining xabariga ko'ra, futbolchining o'zi "Manchester Siti"da qolmoqchi.
Milner "Siti" bilan 4 yillik shartnoma tuzmoqchi. Aynan "Manchester Siti" safida u o'z faoliyatini tugatmoqchi. Klub esa unga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Milnerning "Manchester Siti" bilan amaldagi kelishuvi yozda tugaydi. Unga "Liverpul", "Arsenal" va bir qator klublar qiziqishmoqda.

Fikrlar