Milner Bekxem bilan tenglashib oldi

Tolibjon Qosimov
1 sen 2018, 22:21
Bugun APL 4-turi doirasida "Liverpul" jamoasi "Lester"ni mag'lub etdi - 2:1.

Ana shu uchrashuvda mersisaydliklarning Firmino tomonidan kiritilgan ikkinchi goliga Jeyms Milner golli pas berdi(burchak zarbasidan).

Shu tariqa, Milnerning APLdagi golli paslari soni 80taga etdi. Bu ko'rsatkichda u afsonaviy Devid Bekxem bilan tenglashib oldi va ettinchi o'ringa ko'tarildi.

APLda eng ko'p golli pas berganlar:
1. Rayan Giggz - 162ta
2. Fransesk Fabregas - 111
3. Ueyn Runi - 103
4. Frenk Lempard - 102
5. Dennis Bergkamp - 94
6. Stiven Jerrard - 92.
7-8. Devid Bekxem va Jeyms Milner - 80tadan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe