So’nggi yangiliklar

14:40Санчо Рэшфорднинг "Астон Вилла"га ўтганига муносабат билдирди  0 14:28ПФЛга мурожаат. Про лигадаги сукунат қачон тугайди?  0 14:11"Сурхон" ПФКга янги Бош директор тайинланди  0 13:23"Фулхэм" "Рома" футболчисини ижарага олмоқчи  0 12:55"Ал Гарафа" - "Пахтакор". Ўзаро ўйинларда устунлик Қатар клубида  5 12:37Жон Стоунз: "Арсенал"га қарши ўйин учун мухлислардан кечирим сўрайман"  2 12:13Аёллар футзали. Ўзбекистон терма жамоаси CAFA мусобақасини Эронга қарши ўйин билан бошлайди  0 11:57Хосеп Гвардиола Ҳусановнинг вазияти ҳақида гапирди   14 11:29"Насаф" Туркияга учиб кетди  2 10:52Рамос янги жамоасида қанча ойлик олиши маълум  2 10:19«Навбаҳор» футболчилари Суперлига-2025 қуръаси ҳақида фикр билдирди  2 09:45Клаудио Раньери кечаги учрашувда нега асосий таркибда ўзгаришлар қилганини тушунтириб берди  13 09:13Sofascore. Кечаги учрашувда «Ман Сити» ҳимоячилари неча баҳо олишди?  16 08:40Sofascore. Шомуродов ва унинг жамоадошлари «Наполи»га қарши неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:13Расман. Маркус Рэшфорд МЮдан кетди  12

Milliy chempionatlarimizda avj olgan transfer siyosati. Klublarga qo'yilgan taqiqlar etibordan chetda qolyaptimi? (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Milliy chempionatlarimizda avj olgan transfer siyosati. Klublarga qo'yilgan taqiqlar etibordan chetda qolyaptimi? (Bekzod Tolibov blogi)

Teglar :  Bekzod TolibovO'FA
Xabaringiz bor, 6 iyul sanasida O'zbekiston futbol associaciyasi Ijroiya qo'mitasi Byurosining "O'zbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarini tashkil qilish va o'tkazish, shuningdek, mazkur musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublari faoliyati bilan bog'liq ayrim masalalarni ko'rib chiqish to'g'risida"gi 03-sonli Qarori elon qilindi.

Mazkur Qarorga ko'ra, milliy chempionatlarimizda ishtirok etayotgan bir qator klublarga 2021 yilning yozgi transfer oynasi (2021 yil 5 iyul - 2021 yil 31 iyul) vaqtida futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'yildi. Bunda ayrim klublarga xorijiy legionerlar bilan bog'liq xolatlar tufayli o'zbek futboli imijiga salbiy tasir ko'rsatganligi uchun transferlar bo'yicha taqiq qo'yilgan bo'lsa, yana bir necha klublarga esa mavjud qarzdorlik tufayli yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yilgan.

Xo'sh, amaldagi xolat qanday bo'lmoqda? Futbol klublari ushbu Qarorga amal qilgan xolda ish yurityaptilarmi? Yozgi transferlar oynasi ochilganidan so'ng hozirga qadar  milliy chempionatlarimizda ishtirok etayotgan futbol klublari tomonidan yangi futbolchilarni tarkibga jalb etilishi jarayoni davom etmoqda. Qiziq tomoni, aynan o'sha taqiq qo'yilgan klublar transferlarda faollik namoyish etmoqdalar. Yoki ushbu futbol klublaridagi mavjud taqiqlar olib tashlandimi? Harholda hozircha bu haqda mutasaddi tashkilotlarning rasmiy sahifalarida biron xabar yoki malumot elon qilingani yo'q. Unda klublar tomonidan olib borilayotgan transferlar o'zboshimchalik bilan amalga oshirilyaptimi? Hozir qaysi klub kim bilan kelishuvga erishdi yoki qaysi legioner futbolchi tarkibga jalb etildi, bu haqda yozmoqchi emasmiz. Jamoalar tarkibiga jalb etilayotgan yangi futbolchilar haqida saytimizda ham bir nechta yangiliklarni chop etdik, shuningdek, futbol klublari matbuot xizmatlari tomonidan ham ayni masaladagi xabarlar elon qilib borilmoqda va kuzatib borayotgan kishi borki, o'zbek futboliga oid transfer yangiliklaridan xabardor ekani aniq. Yuqoridagilardan kelib chiqib, sizda va bizda haqli savol tug'iladi, klublardan transfer taqiqlari olib tashlandimi?

Hozirgi kunda har bir sohada OAV va matbuotning ahamiyati yuqori ko'rinishga chiqib bormoqda. Har bir yangilik va xabarni elon qilinishida tezkorlikka urg'u berilmasa, oradan bir oz vaqt o'tib ushbu malumotning ahamiyati yo'qolib qolyapti. SHunday ekan, futbolimiz mutasaddilari tomonidan qaysi klublar oldidagi taqiq bekor qilingan bo'lsa, rasmiy malumot berilishi shart. Masalan, biron klub mavjud qarzdorlikni bartaraf etdi va taqiq olib tashlandi. Bu haqda o'z navbatida OAV orqali malumot berilishi shart. Nega deganda birinchidan, bu boshqa klublarga ham zudlik bilan qarzdorlikni bartaraf etish choralarini topishga chorlov bo'ladi. Ikkinchidan, tanish-bilishchilik yoki mahalliychilik kabi noo'rin ayblovlar va tushunmovchiliklar yuzaga kelishining oldi olinadi. 

Futbol klublari o'z oldidagi majburiyatlarini bajarishlari, xususan, mavjud qarzdorlikni bartaraf etishlari orqali transfer taqiqlari olib tashlanishi — bu salbiy xolat emas, biz buni qoralamaymiz. CHunki klublar zimmalaridagi vazifalarni amalga oshirish orqali rag'batga erishishadi, bu kerak bo'lsa, maqtovga arzigulik holat. Biz mutasaddi tashkilotlar tomonidan mavjud qarzdorlikni bartaraf etib taqiqi olib tashlangan klublar haqida kunlik malumotlar taqdim etib borilishini istaymiz. CHunki transfer taqiqi qo'yilgan futbol klublari soni kam emas. "Falon sana xolatiga ushbu klub mavjud qarzdorlikni bartaraf etdi va yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun ruxsat berildi" kabi mazmunda kichkinagina xabarlar berib borilsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Hammasi haqida birdan malumot chiqadi degan fikrda bo'lish hozirgi kunning talabiga to'g'ri kelmaydi. Bolaligimda fotograf suratimizni olsa, rasm chiqishini apparat plyonkasi to'lgunicha 3-4 kun kutib yurardik. CHunki suratkash plyonka to'lganidan so'ng barchaning rasmini birdan chiqarardi. Hozir u davrda yashamayapmiz-ku. Klublar oldidagi taqiqlar yuzasidan Qaror eng oxirida elon qilinsa va bunga o'z vaqtida tushuntirish berib borilmasa, vaziyat yakunini hozirdanoq prognoz qilish qiyin emas. CHunki yangi futbolchilar bilan kelishuvga erishgan biron klub ularni ro'yxatdan o'tkaza olmasa, tabiiy xolda bu o'sha klub muxlislariga yoqmaydi. Ana undan keyin "nega u klubga ruxsat berding, nega bu klubga ruxsat bermading" qabilidagi turli ayblovlar mutassaddilar manzili tomon yangrashni boshlaydi, bu aniq. SHunday ekan, bu kichkina masala emasligini unutmagan xolda mavjud qarzdorlikni bartaraf etish orqali transfer taqiqi olib tashlangan futbol klublari haqida kunlik malumotlar OAVda taqdim etib borilishi lozim bo'ladi.

Yana bir gap, O'FA Ijroiya qo'mitasi Qarorida ayrim klublarga xorijiy legionerlar bilan bog'liq xolatlar tufayli o'zbek futboli imijiga salbiy tasir ko'rsatganligi uchun yozgi transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni ro'yxatdan bo'yicha taqiq qo'yilgan. Bunda o'sha klublar oldilaridagi mavjud qarzdorlikni bartaraf etsalar ham taqiq olib tashlanmaydimi? Qarorning biron qismini muhokama qilish niyatim yo'q, lekin aynan yuqoridagi band bo'yicha mutassadilar tomonidan tushuntirish berilsa, keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tushunmovchiliklarning oldi olinishiga sabab bo'lar edi.

Bekzod Tolibov


O'FA Superliganing 12ta, Pro liganing 7ta klubiga legionerlarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'ydi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика