Milliy terma jamoa Iroq terma jamoasiga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi
12 dek 2014 10:36
Yangiliklar

Milliy terma jamoa Iroq terma jamoasiga qarshi ikkita o'yin o'tkazadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 28 dekabr kuni Iroq terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Takidlash joiz, rejaga ko'ra O'zbekiston va Iroq terma jamoalari 25 dekabr kuni BAAning SHarja shahrida o'zaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O'zaro kelishuvga ko'ra, ikkala terma jamoa oradan 3 kun o'tib yana bir marotaba o'zaro o'ynaydilar. Iroq terma jamoasiga qarshi har ikkala o'yin ham SHarja shahridagi Holid bin Muhammad stadionida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadigan OK-2015 final bosqichiga tayyorgarlikni ikki davraga bo'ladi. Unga ko'ra, ilk yig'in 14 dekabrgacha davom etsa, ikkinchi yig'in 17-29 dekabr kunlari bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov jamoasi mazkur yig'in davomida Falastin (13 dekabr), Iordaniya (20 dekabr) va Iroq (25 dekabr) terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Fikrlar