Milliardlik stadionda ilk o'yin o'tkazildi
25 mar 2019 10:38
Yangiliklar


Milliardlik stadionda ilk o'yin o'tkazildi
Kecha, 24 mart kuni "Tottenxem"ning yangi arenasida birinchi uchrashuv o'tkazildi.
Milliard evro sarflangan yangi stadionda "Tottenxem" U18 jamoasi "Sautgempton" yoshlariga qarshi maydonga tushdi. "SHporlar"ning o'sib kelayotgan avlodi hamda arenani ko'rish uchun deyarli 29 ming kishi stadionga tashrif buyurdi.
Stadion joriy mavsum boshida foydalanishga topshirilishi kerak edi, ammo qurilish tempi pasayishi va bazi kamchiliklar tufayli arena ochilishi cho'zilaverdi.
"Tottenxem" ushbu stadiondagi ilk rasmiy o'yinni 3 aprel kuni "Kristal Pelas"ga qarshi Angliya Premer-ligasi doirasida o'tkazadi.
Yangi arena o'z bag'riga 62 062 nafar muxlisni sig'dira oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar