Millatlar Ligasi. UEFA Ozarbayjon va Armanistondagi o'yinlarini neytral maydonga ko'chirdi
06 okt 2020 20:05
Yangiliklar


Millatlar Ligasi. UEFA Ozarbayjon va Armanistondagi o'yinlarini neytral maydonga ko'chirdi
Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Evropa futbol associaciyalari ittifoqi (UEFA) Armaniston va Ozarbayjon terma jamoalarining Millatlar Ligasidagi uy uchrashuvlarini neytral maydonga ko'chirdi.
Ushbu qaror, Tog'li Qorabog'dagi vaziyat sabab ikki mamlakat o'rtasida yuzaga kelgan harbiy mojaro tufayli qabul qilindi.
Armaniston 11 oktyabr kuni Erevanda Gruziya TJga qarshi o'ynashi kerak edi, ammo endi ushbu bahs Polshaning Tixi shahrida o'tkaziladi.
Ozarbayjonliklarning 13 oktyabrdagi Kiprga qarshi bahsi esa Bokudan Albaniyaning Elbasan shahriga ko'chirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar