Millatlar Ligasi. Angliya termasining Islandiya va Daniyaga qarshi o'yinlar uchun futbolchilar qaydnomasi malum
25 avg 2020 19:15
Yangiliklar


Millatlar Ligasi. Angliya termasining Islandiya va Daniyaga qarshi o'yinlar uchun futbolchilar qaydnomasi malum
Garet Sautgeyt boshqaruvida terma jamoa Millatlar Ligasining 1- va 2-turidan o'rin olgan bellashuvlar uchun quyidagi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazdi:
Darvozabonlar: Din Xenderson, Jordan Pikford, Nik Poup;
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Erik Dayer, Xarri Maguayr, Jo Gomes, Maykl Kin, Tayron Mingz, Kiran Tripper, Kayl Uoker;
Yarim himoyachilar: Filip Foden, Meyson Maunt, Kelvin Fillips, Deklan Rays, Xarri Uinks, Jeyms Uord-Prouz;
Hujumchilar: Temmi Abraxam, Meyson Grinvud, Denni Ingz, Xarri Keyn, Markus Reshford, Jeydon Sancho, Raxim Sterling.
Eslatib o'tamiz, inglizlar 5 sentyabr kuni Islandiya bilan 8 sentyabrda esa Daniya bilan bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar