Milik "Yuventus"da qolmoqchi
15 iyu 2023 18:19
Yangiliklar
"Marsel" hujumchisi Arkadiush Milik o'tgan mavsum ijara asosida o'ynagan "Yuventus" klubida qolish istagini bildirdi.
"Hozirda "Yuve" va "Marsel" muzokaralar olib bormoqda. Umid qilamanki, ular kelishuvga erishishadi. "Yuventus"da qolishni istardim, u erda o'zimni yaxshi his qilyapman, murabbiy meni jamoada ko'rishni istayapti", – dedi futbolchi.
29 yoshli hujumchi o'tgan mavsum Turin klubi safida barcha turnirlar doirasida 39 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta to'p kiritdi hamda 1 ta golga assistentlik qildi. Uning "Marsel" bilan bitimi 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Avvalroq "Yuventus" Zanoloni A Seriyaga qaytarishni istashi haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar