Mile Svilar Kasilyasning 18 yil saqlanib turgan rekordini yangiladi
19 okt 2017 00:21
Yangiliklar
Mile Svilar Kasilyasning 18 yil saqlanib turgan rekordini yangiladi
Benfika posboni Mile Svilar ECHL doirasida Manchester Yunaytedga qarshi bahsda maydonga tushdi.
SHu tariqa, Svilar 18 yil davomida saqlanib turgan rekordni yangiladi. U ECHLda maydonga tushgan eng yosh darvozabonga aylandi. Svilar bugun 18 yoshu 52 kunlik.
Undan oldingi rekordchi hozircha Portuda o'ynayotgan Iker Kasilyas edi. Ispaniyalik posbon 1999 yilda Real safida Olimpiakosga qarshi bahsda 18 yosh 118 kunligida maydonga tushgandi.
Fikrlar