So’nggi yangiliklar

22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  17 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  1 21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  10 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  3 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  20 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  2 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  73 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  6 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   14 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2

"Milan"ning yozgi rejalari barbod bo'ldi-mi?! Yangiliklar

"Milan"ning yozgi rejalari barbod bo'ldi-mi?!

Sansheshni PSJ ilib ketdi, "Lill" yarim himoyachisi qo'ldan chiqarildi.

"Milan" 2011 yildan beri ilk bor Italiya chempioni bo'ldi: yangi futbolchi olib kelish bilan bog'liq qiyinchiliklar bo'lsa-da, tarkibdagi futbolchilar bilan shartnomani uzaytirish ishlari yaxshi ketmoqda. Direktorlar Paolo Maldini (texnik) va Frederik Massara (sport) klubda qolishi aniq, katta ehtimol Zlatan ham jamoa bilan birga bo'ladi.


Paolo Maldini bozorda erkinlikka ega bo'ldi va maoshi oshirildi

Maldini 2018 yildan beri klub rahbariyatida ishlab kelmoqda — u o'sha payt "Milan"ning strategik rivojlantirish bo'yicha direktori lavozimida faoliyat yuritardi. Bir yil o'tib, klub texnik direktori bo'ldi. Massara — 2019 yil iyundan beri klub sport direktori hisoblanadi.



Ular darhol yangi bitim imzolaganlari yo'q: "Gazzetta dello Sport" xabariga qaraganda, Paolo klubda ko'proq vakolatga ega bo'lishni, masalan, shartnomasi muddati noyabrda tugaydigan bosh direktor Ivan Gazidisning oldidagi majburiyatlarini kamaytirishni xohladi. Maldinining shartlari qisman bajarildi — transfer bozorida unga ko'proq erkinlik berildi, lekin baribir katta transferlar borasida Gazidis bilan maslahatlashishi lozim. SHuningdek, Paoloning maoshi oshdi: yiliga 1,8 mln evro olardi, endi esa —2 mln.

Tomonlar bu borada kelishib oldilar: Maldini va Massara shartnomasini yana ikki yilga uzaytirildi.


Ibra so'rovlarini kamayishiga tayyor: gollar va daqiqalar uchun yaxshigina bonus evaziga minimal maosh olish

Zlatan kamida yana bir mavsum qolishi mumkin. Fabricio Romanoning yozishicha, Zlatanning tizzasidagi muammoga qaramay, "Milan" shvedga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor ekan. SHveciyalik operaciyadan 7-8 oy o'tib tiklanishi mumkin, shu sababli, maoshi kamayishiga ham rozi. Ibraning avvalgi bitimi bo'yicha yiliga 7 mln evro olardi, endi esa insayder Nikolo Skira fikricha: shvedga minimal ish haqi + gollari va o'ynagan daqiqalari uchun yaxshigina bonus beriladi.



"Milan"ning 22 yoshli yarim himoyachisi Braim Dias juda xursand: "U otam bilan teng (Zlatan 40 yosh), ammo hamon o'yin natijasiga tasir ko'rsata oladi. Ibragimovich kiyinish xonasida xuddi otaga o'xshaydi. U hayotimni osonlashtiradi. Agar menga to'p kelib tushsa, Zlatanning jahli chiqmasligi uchun to'pni unga oshirishim shart! U ajoyib futbolchi, xarizmatik inson, g'alaba qozonishni yaxshi ko'radi va mashg'ulotda shug'ullanishni yoqtiradi — buning kayfiyatini boshqalarga ham ulashadi. U barcha futbolchilar yaxshiroq bo'lishiga o'z hissasini qo'shadi va buni maksimal darajada namoyon qiladi.


"Milan"da yangi futbolchilar bilan vaziyat ancha chigal: Zieshni olib kelishga umid qilishmoqda, "Lill" futbolchilarining transferlari oxiriga etib bormayapti

• Milanliklar yozda "CHelsi"dan Xakim Zieshni olishni istashyapti. "Sky Sport Italia" nashri yozishicha, klub 29 yoshli yarim himoyachini ijaraga olishiga ishonchi komil. Ayni damda "Milan" va "CHelsi" ikkisini ham birdek mamnun qiladigan transfer amalga oshirish yo'lini izlamoqda. O'tgan mavsum Xakim naqd 44 o'yinda maydonga tushdi, ammo hammasida ham to'liq o'ynamadi. Bu vaqt ichida Ziesh 8ta gol urib, 6 assist qayd etdi — u "Milan"da kreativ va sifatli o'yin namoyish etish ehtimoli bor.



• Italiyaliklarning yana bir yozgi rejasi — "Bryugge"ning iqtidorli yarim himoyachisi SHarl de Ketelare. Ha-ha, aynan u 2020 yil ECHL guruh o'yinlarining ikkisida ham "Zenit"ga gol urgan. To'g'ri, de Ketelare bilan qiyinroq bo'ladi: "Lids" ham uni o'ziga qo'shib olmoqchi, ammo "The Athletic" malumotiga ko'ra, "Milan" bu borada favorit ekan. Transfer 35-40 mln evroga baholanmoqda.

• "Lill" bilan esa milanliklarning ishlarii u qadar yaxshi emas. "La Gazzetta dello Sport" mart oyidayoq markaziy himoyachi Sven Botman "Milan" bilan og'zaki kelishuvga erishdi va faoliyatini Italiyada davom ettiradi deb yozgan edi. Ammo o'xshamadi: klub ishni cho'zdi, "Lill" esa o'yinchi uchun 40 mln evro so'rab, "Nyukasl" bilan kelishib oldi. "Milan" endi "Lacio"ning tajribali o'yinchisi Franchesko Acherbini kuzatmoqda.

• PSJ Renatu Sansheshni o'ziga qo'shib olmoqda. "Milan" iyun boshida portugaliyalik bilan og'zaki kelishib olganiga qaramay, transfer summasi borasida muammolar bor edi. "Milan" Renatuga 15 - 18 mln evro taklif qildi (avval — 10 mln, qolgani bonus orqali), "Lill" esa ikki barobar ko'proq — 30 mln evro talab qildi.

SHu vaziyatda PSJ masalaga aralashdi: "Lill"ga 20 mln taklif qildi, Sansheshning o'ziga esa xuddi "Milan" aytgan shartlarni qo'ydi. Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, italiyaliklar 3,5 mln evro maosh va 4 yillik shartnoma, Parij klubi esa 5 yillik shartnoma va yiliga xuddi shuncha pul. Futbolchining o'zi ham Liga 1 da to'p tepishni yaxshiroq variant deb topdi va "Milan"ga rad javobini berdi.



• Umuman, "La Gazzetta dello Sport" nashri "Milan" ishqibozlariga top-transferdan umid qilmasliklarini maslahat bergandi: rahbariyat ish haqi yiliga 6 mln evro va undan yuqori bo'lgan futbolchilar bilan shartnoma imzolamaydi. SHu jihat tufayli "Milan" Paulo Dibaladan voz kechgan.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика