"Milan"ning short-listida "Napoli" va "Real" hujumchilari bor
27 may 2020 14:33
Yangiliklar


"Milan"ning short-listida "Napoli" va "Real" hujumchilari bor
"Milan" mavsumlar oralig'ida markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Xabarlarga ko'ra, italiyaliklarning short-listidan forvardlar Luka Yovich ("Real") va Arkadiush Milik ("Napoli")lar o'rin egallagan.
"Real" 22 yoshli serb uchun kamida 40-50 million evro talab qilmoqda. O'yinchi ayni damda yiliga 5 million evro maosh oladi, "Milan"da esa maoshining pasayishiga rozi bo'lishi kerak.
26 yoshli polshalik futbolchiga kelsak, 2021 yilning yoziga qadar klub bilan shartnoma imzolangan. Ammo, neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis har qanday holatda ham futbolchini arzonga qo'yib yubormaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar