"Milan"ni "Real"ning sobiq ustozi boshqarishi mumkin
09 fev 00:24
Yangiliklar
"Milan"ni "Real"ning sobiq ustozi boshqarishi mumkin
2023/2024 yilgi mavsum oxirida "Milan" murabbiylar shtabida o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
Jurnalist Matteo Morettoning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berishicha, “rossonerilar” Xulen Lopetegiga jiddiy etibor qarashmoqda.
Qayd etilishicha, "Milan" rahbarlari Lopetegini metodologiyasi, mahorati va yosh va muvaffaqiyatli loyihani ishlab chiqish qobiliyati uchun yuqori baholaydi. 57 yoshli mutaxassis "Vulverxempton"dan ketganidan keyin avgust oyidan beri ishsiz hisoblanadi.
Avvalroq ushbu murabbiy “Real Madrid” va Ispaniya terma jamoasida ham ishlagan. Ayni damda “Milan” Italiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar