So’nggi yangiliklar

03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   0 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  31 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  3 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2

❗️ “Milan”ga yangi homiy topildi. U haqda nimalarni bilamiz? (mutolaa uchun) Yangiliklar

❗️ “Milan”ga yangi homiy topildi. U haqda nimalarni bilamiz? (mutolaa uchun)

Bundan roppa-rosa 4 yil muqaddam, 2018 yilning iyul oyida Elliott Management "Milan"ning yangi egasiga aylangandi.

Rossonerilar xitoylik Li Yunxun boshqaruvidan so'ng amerikaliklarga yo'l olishdi. U qarzlar va umuman moliyaviy ahvolning yomonligi tufayli klubni tark etishga majbur bo'ldi. Elliott Management bankrotlikka yaqin bo'lgan kompaniyalar bilan ko'p ishlagan, shuning uchun tajribali investorlar ham futbol klubi bilan kurashishlari kerak edi.

CHindan ham 4 yil davomida "qizil-qoralar”da shiddatli yuksalish yuz berdi. Birinchi navbatda moliyaviy muammolarni hal qilindi. SHundan so'ng, "Milan" raqobatbardosh jamoa tuza boshladi. Avvaliga "rossoneri" CHempionlar ligasiga qaytdi, keyin esa skudettoni qo'lga kiritdi. Elliott Management klub bilan ajoyib ish qildi va keyin uni sotishga qaror qildi. Bu yangilik juda kutilmagan edi, lekin kompaniya rahbarining o'g'li Gordon Singer hammasini tushuntirib berdi:



"2018 yilda «Milan»ni sotib olgach, bizga uzoq tarixga ega, ammo jiddiy moliyaviy muammolar va o'rtacha ko'rsatkichlarga ega bo'lgan klub meros bo'lib qoldi. Bizning rejamiz oddiy edi: moliyaviy barqarorlikni tiklash va "Milan"ni Evropa futbolida tegishli joyiga qaytarish edi. Ishonamanki, biz ikkala maqsadimizga ham erishdik”.

SHundan keyin “Milan”ni xarid qilish istagini birinchi bo'lib Bahrayning Investcopr kompaniyasi aytildi. Muzokaralar oson kechmadi, keyin esa "qizil-qoralar" uchun yana bir davogar - Amerikaning RedBird Capital kompaniyasi paydo bo'ldi. Elliott Management vatandoshlarini afzal bildi. Natijada, Bahraynliklar esa o'yindan chiqishdi.

“Milan”ni ummon ortining ikki kompaniyasi 1,2 milliard evroga baholashdi. Yangi xo'jayinlar allaqachon klubni boshqarishmoqda, garchi shartnoma sentyabr oyida rasmiylashtiriladi. “Elliott” “RedBird Capital”ga “Milan” xaridi uchun yillik 7 foizli ustama bilan 600 mln. evro kredit beradi. Yil oxiriga qadar bu mablag' 200 mln.gacha kamayishi lozim.

Milanning yangi egasi bir qator sohalarga, jumladan, sportga katta sarmoya kiritadi. Uning aktivlari 6 milliard dollarga baholanmoqda. Kompaniya “Tuluza” klubining 85 foiz akciyalariga egalik qiladi. Bundan tashqari, u Fenway Sports Group akciyalarining 10 foizini boshqaradi. Bundan tashqari, “Liverpul” va “Boston Red Soks” beysbol jamoasining akciyadorlari ekanligini anglatadi. Bir so'z bilan aytganda milanliklarni 20 yildan ortiq vaqt davomida sportga sarmoya kiritib kelayotgan Jerri Kardinale boshqaradi.




Boshida klub muxlislari ishni jamoaga skudettoni olib kelgan bosh murabbiy Stefano Pioli tarkibiga o'zgarish kiritishidan xavotirga tushishgandi. CHunki ular klub uchun muhim bo'lgan shaxslar bilan yangi shartnoma imzolashni kechiktirib yuborgandi. Keyinchalik malum bo'ldiki, "Milan"ning texnik direktori Paolo Maldini va sport direktori Riki Massara bilan yangi shartnoma imzolandi. Pioli ham o'z joyida qoldi. Bosh direktor Ivan Gazidis Pioli o'rniga Ralf Rangnikni olib kelishni rejalashtirgan, keyinchalik bu fikridan qaytgandi.

Kardinale amaldagi rahbariyatga ishonch bildirdi. Qolaversa, u “Milan” 50 -70 ming o'rinli o'z stadioniga munosib ekanini takidlamoqda. Yangi arenani esa Milan provinsiyasiga qarashli Sesto-San Jovanni shahrida futbol arenasini qurmoqchi. Tadbirkor hatto shahar hokimi bilan ham bu borada muzokaralar olib borgan. U “Popolous” arxitektura kompaniyasini stadion qurilishiga jalb qilmoqchi. Ushbu kompaniya mutaxassislari "Uembli", "Tottenxem" va "Emireyts" stadionlarini barpo etgan. Evropa va AQSHning ko'plab shaharlarida aholi gavjum sport arenalari qurilgan. SHuningdek, “Uimbldon”dagi asosiy tennis kortlari ham uning ijodiga kiradi.

Ko'rinib turibdiki, “Milan”ning kelajagi xususida xavotirga hech qanday o'rin yo'q. Asli italiyaliklar avlodidan bo'lgan Kardinale klubni yangi cho'qqilarga olib chiqish niyatida. Qo'shimchasiga, u qadar daromad xajmini ko'paytirishga ham intilmoqda. Tushunarliki, bu intilishlar “rossonerilar”ga ham ijobiy tasir etadi - yangi homiylar, yangi stadion.

Iqtisodiy muvaffaqiyat sportdagi natijalarga bevosita bog'liq. SHuning uchun RedBird "qizil-qoralar"ning yuksak parvozidan manfaatdor deyish mumkin. Klubning yangi sohiblaridan esa, hech bo'lmaganda o'tmishdoshlaridan qolishmaydigan daraejada ish yuritish talab qilinadi. CHunki klubning direktorlar kengashida Elliott Management kompaniyasining mutaxassislari ham faoliyatlarini davom ettirmoqda.


Original manba

Samandarbek tarjimasi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика