“Milan” “Yuventus”ga qarshi noxush o'yinlar ceriyasiga barham berdi
14 fev 2020 08:55
Yangiliklar


“Milan” “Yuventus”ga qarshi noxush o'yinlar ceriyasiga barham berdi
Italiya Kubogi 1/2 finali birinchi uchrashuvida “Milan” “Yuventus” bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.
“Rossonerilar” barcha musobaqalar doirasida davom etgan 9 ta o'yindan iborat mag'lubiyatlar ceriyasiga barham berdi. “Yuventus” mazkur ceriyadagi o'yinlarda umumiy hisobda 19:5 (gollar nisbati) hisobida g'alaba qozondi. “Milan” so'nggi bor Turin klubiga Italiya Superkubogi doirasida 2016 yil dekabrida mag'lub bo'lmagandi (1:1, penaltilarda 4:3).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar