“Milan”-“Yuventus” o'yini Italiya Kubogi yarim finallarining rekordini o'rnatdi
14 fev 2020 08:25
Yangiliklar


“Milan”-“Yuventus” o'yini Italiya Kubogi yarim finallarining rekordini o'rnatdi
Milanda o'tgan uchrashuv tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.
Ushbu uchrashuvni kuzatish uchun “San-Siro”ga 72 738 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu esa Italiya Kubogi yarim finallarining rekordi hisoblanadi. Joriy mavsum yarim finalning ikkinchi juftligi “Inter”—“Napoli” (0:1) bahsiga esa 59 601 tomoshabin bevosita o'yinni stadiondan ko'rish uchun keldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar