“Milan“ yulduzini “Liverpul“ga bitta shart bilan sotishga tayyor
04 iyu 11:00
Yangiliklar


“Milan“ yulduzini “Liverpul“ga bitta shart bilan sotishga tayyor
“Liverpul“ yozgi transfer oynasida “Milan“ning 25 yoshli hujumchisi Rafael Leauni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralarni boshladi, deb xabar beradi Tuttomercatoweb.
Qayd etilishicha, “rossoneri” portugaliyalik futbolchini sotmoqchi emas, biroq 130 million evrolik taklif bu fikrdan qaytarishi mumkin. Agar ingliz jamoasi “Milan“ning ushbu shartini bajarsa, Rafael Leau yozda Angliyaga ko'chib o'tadi.
O'tgan mavsumda Leau barcha turnirlarda 50 ta o'yinda qatnashib, 12 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar