So’nggi yangiliklar

14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  4 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  8 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  5 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  41 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  20 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  27 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  3 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  15 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  19 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  41 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3

Mutolaa uchun. "Milan" xato qildi...mi? Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Milan" xato qildi...mi?

"Milan" jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioli bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

SHartnoma necha yilga uzaytirilishi va unda qanday shartlar qo'yilishi bizga qorong'i. Biroq "Red Bull" loyihasi kelajak uchun tashlangan katta qadam bo'lardi.

"Leypcig" 2009 yili tashkil topgan. 2010 yili jamoa 4-divizionga chiqdi, 2013 yili 3-divizionga yo'llanma oldi. 2014 yili esa 2-divizionga etib keldi. Nihoyat, 2016 yilga kelganda Bundesliga! 2017 yili Bundesligada 2-o'rin! 2020 yilda esa ECHL yarim finalchisi. Klubning tashkil topganiga atigi 11 yil bo'ldi. Jamoaning so'nggi yillarda ko'rsatgan natijalari Ralf Rangnik sababli bo'lmoqda deyishimiz mumkin. Xo'sh, "Milan" ham "Red Bull" loyihasini amalga oshirganida qanchalik rivojlanardi? Rangnik "Milan"ga nimalar bera olishi mumkin edi?

Rangnik – top-menejer. Eng yaxshi tashkilotchi

"Leypcig"ning hozirgi holatining 80 foizi Rangnik tufayli. U jamoani ikkinchi Bundesligada bo'lgan vaqtida qabul qilib olgan, jamoa Bundesligaga yo'llanma olganidan keyin esa sport direktori lavozimiga o'tgan. Aynan uning sayi-harakatlaridan keyin jamoaga Timo Verner, Dayo Upamekano, Nabi Keyta, Ibraima Konate kabi futbolchilar tarkibga kelib qo'shildi.

2017/18 yilgi mavsum paytida Rangnik bosh murabbiy Ralf Xazenxyuttl bilan urushib qoldi va funkcioner uning o'rnini yosh va g'ayratli Yulian Nagelsmann bilan to'ldirishni istadi. Oradan bir yil o'tib, uning xohishi amalga oshdi. SHu sababli Rangnik bir mavsum davomida jamoada bosh murabbiy bo'lib turdi.

Nagelsmann kelganidan keyin Rangnik o'zini klub ishlariga urdi va "Red Bull" koncernlarida sport direktoriga ham aylandi.

Umuman olganda Rangnik boshqaruvchi-tashkilotchi sifatida o'zini har tomonlama ko'rsata oldi. U muzokaralarni alo tarzda olib boradi, byudjetni hisobga olib futbolchilar bilan kelishuvga erishadi, murabbiy tanlashda ko'p narsalarga etibor beradi, hatto Franciya 2-ligasidan ham yaxshi futbolchi tanlay oladi.

Qo'shimcha ravishda aytishimiz mumkinki, u 2012-2015 yillar davomida Zalcburgdagi "Red Bull"ning sport direktori bo'lgan. U Avstriya grandiga asos yaratib berdi va ushbu loyiha orqali "Red Bull" mamlakatda gegemon bo'lib oldi. Ushbu mavsumda jamoa ECHLda ham shov-shuv ko'tardi.

61 yoshli mutaxassisning murabbiy sifatidagi g'oyalari ham chakki emas. U o'yinni himoyadan qurishni boshlaydi. Odatda uning jamoalari tartibli himoyalanishadi va gol o'tkazib urish uchun raqiblar ko'proq ter to'kishi kerak.

Rangnik - Lobanovskiy metodlari asosida ishlaydi

Tajribali germaniyalik mutaxassis Valeriy Lobanovskiyning faoliyatidan doimo zavq olishini takidlagandi. Mana XXI asrda ham uning metodlari eskirmagan va yaxshi ishlamoqda. Aytilishicha, Kievning "Dinamo"sida Lobanovskiyning konspektlari asosida hali ham ish olib borishadi, bunga zamonaviy tendenciyalarni mujassamlashtirishadi.

Rangnik doimiy jismoniy yuklamalarga katta etibor berib kelmoqda. SHu sababli uning jamoalari mavsumning ikkinchi yarmida ham charchab qolmaydi. Buni biz hozirgi "Leypcig" va u ishlagan davrdagi "Xoffenxaym"ni misol qila olamiz. SHu paytda jurnalistlar Rangnikning metodlari haqida ko'p gapirishadi. Aynan uning tomonidan yaratilgan loyiha bir necha klublarning qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Xulosa

"Milan" xato qildi. Agarda Rangnik "Milan" boshqaruvini qo'liga olganida ko'p emas, ikki yilning o'zidayoq natijalar o'zidan-o'zi kela boshlardi. Endi esa kech. Loyiha bekor qilindi. Balki Pioli ham jamoani oldingi darajaga olib chiqa olar. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика