"Milan" va "Yuventus" "Lacio" forvardi uchun davogarlik qilmoqda
09 dek 2020 14:05
Yangiliklar


"Milan" va "Yuventus" "Lacio" forvardi uchun davogarlik qilmoqda
"Lacio" hujumchisi Xoakin Korrea qishki transferlar oynasida Rim klubidan ketishi mumkin.
26 yoshli argentinalik futbolchi uchun bir yo'la Italiya va Ispaniyaning top-klublari davogarlik qilmoqda.
Ular orasida "Yuventus" va "Milan", shuningdek Madridning "Atletiko" klubi ham bor.
Korreaning transferi ehtimoliy xaridorga 50-55 million evroga tushadi. Transfermarkt portali forvardni 30 million evroga baholamoqda.
Xoakin joriy mavsum "Lacio" tarkibida 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar