"Milan" va "Napoli" Moratani o'z saflariga qo'shib olishni xohlashgan
16 dek 2020 18:00
Yangiliklar


"Milan" va "Napoli" Moratani o'z saflariga qo'shib olishni xohlashgan
"Yuventus" forvardi Alvaro Morataning agenti Xuanma Lopes qaysi klublar o'yinchining Turinga kelguniga qadar ispaniyalik futbolchini o'z tarkiblariga qo'shib olishni xohlashganini aytdi.
"Morata doim "Yuventus"ning ilk tanlovi bo'lgan. Muammo esa boshidan "Atletiko"ning uni to'laqonli sotishni xohlagani bo'lgan.
Transfer oynasi so'nggida esa Luis Suares ular safiga o'tishga rozi bo'ldi va Alvaroga Turinga ijaraga yo'l olish uchun yashil chiroq berildi.
Yana kimlar Morata bilan shartnoma imzolashga urinishgan edi? "Milan" va "Napoli". Ammo "Yuventus"ning mavsum so'nggida uni xarid qilishiga shubha qilmayman". - deydi Lopes.
28 yoshli hujumchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar