"Milan" Tovenni xarid qilishga yaqin turibdi
16 apr 2019 13:13
Yangiliklar


"Milan" Tovenni xarid qilishga yaqin turibdi
"Marsel" yarim himoyachisi Floryan Toven faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, franciyalik futbolchi xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirmoqda. Rossonerlar xavbek transferi bo'yicha muzokaralarda oldinga siljishdi va tez orada ushbu xarid bo'yicha kelishuvga erishishlari mumkin. "Marsel" Toven transferidan 30-40 mln. evro ishlab olmoqchi, chunki uning klub bilan shartnomasi 2 yildan so'ng yakuniga etadi.
26 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Liga 1ning 29ta o'yinida maydonga tushib, 13ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar