"Milan" Teoga 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma va yiliga 4 mln evro shartnoma taklif qildi. U hozirda 1,5 mln oladi
27 noy 2021 16:33
Yangiliklar
"Milan" Teoga 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma va yiliga 4 mln evro shartnoma taklif qildi. U hozirda 1,5 mln oladi
"Milan" himoyachi Teo Ernandes bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Italiya klubi o'yinchiga 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma va yiliga 4 million evrogacha oshirilgan maosh taklif qildi.
"Milan" vakillari Teoning agenti bilan Madridda uchrashishdi. Hali tomonlar yangi kelishuv borasida kelishuvga erishishmadi, ammo futbolchining talabi 5 mln evroga qadar ko'tarilmaydi.
Teoning klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'yinchi unga ko'ra, yiliga 1,5 mln evro maosh oladi.
O'yinchi joriy mavsum "Milan" safida barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Fikrlar