Milan Taarabtni taxminan 3 million funtga sotib oladi
01 apr 2014 22:00
Yangiliklar


Milan Taarabtni taxminan 3 million funtga sotib oladi
Milan ayni paytda jamoada ijara asosida to'p surayotgan, huquqiy jihatdan Kuinz Park Reyndjers jamoasiga tegishli bo'lgan Adel Taarabtning transfer huquqini sotib olmoqchi.
Jamoalar o'rtasida futbolchini mavsum yakunlanganidan so'ng to'liq sotib olish borasida kelishuv bor.
Ushbu kelishuvning narhi 4 million evrodan kamroq bo'ladi, – deydi futbolchining agenti.
Football Italianing xabar berishicha kelishuv narxi taxminan 2,5 va 3,3 million funt oralig'ida bo'ladi.
Taarabt A seriyadagi 7 ta o'yinida 2 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Fikrlar