“Milan” – “Speciya” bahsidan keyin hakam yig'lab yubordi
19 jan 2022 08:15
Yangiliklar
“Milan” – “Speciya” bahsidan keyin hakam yig'lab yubordi
A Seriya doirasida o'tgan “Milan” – “Speciya” (1:2) bahsida bosh hakam Marko Serra bahsning oxirida yo'l qo'ygan xatosidan qattiq tasirlandi.
U “rossonerilar” yarim himoyachisi Junior Messiasning golini hisobga olmadi. Gap shundaki, o'yin qoidasi buzilgan vaziyatda to'p “Milan”da qolgandi, ammo hakam yarim himoyachining gol urishidan oldin hushtak chalib, jarima zarbasi belgiladi.
Uchrashuv tugaganidan keyin esa arbitr milanliklardan uzr so'radi va tribuna ostiga ko'z yoshlari bilan yo'l oldi. Serra kamida ikkita turga diskvalifikaciya qilinishi kutilmoqda.
Fikrlar