“Milan” so'nggi 5 uchrashuvning 3 tasida mag'lub bo'ldi

14 fev 2021, 09:35
A seriyaning 22-turida “Milan” safarda “Speciya”ga (0:2) imkoniyatni boy berdi.

“Rossoneri”lar barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda so'nggi 5 ta bahsning 3 tasida mag'lub bo'lishdi. Ilgari Pioli jamoasi “Atalanta” (0:3) va “Inter”ga (1:2) mag'lub bo'lib, keyin ikkita bellashuvda (“Bolonya”-2:1, “Krotone” 4:0) g'olib chiqqandi.

“Milan” keyingi bellashuvini safarda “Crvena Zvezda”ga (18 fevral) qarshi o'tkazsa, so'ngra “Inter”ni (21 fevral) qabul qiladi.

Ayni paytda milanliklar A seriya turnir jadvalida 49 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda. Ulardan bir o'yin kam o'tkazgan “Inter” 47 ochko bilan ikkinchi pog'onani band etgan. Bugun Konte jamoasi “Lacio”ni mag'lub eta olsa, A seriya peshqadamligi Milan shahrining boshqa bir jamoasiga o'tishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru