"Milan" sobiq egasiga Xitoyni tark etish taqiqlandi
17 okt 2018 17:43
Yangiliklar
"Milan" sobiq egasiga Xitoyni tark etish taqiqlandi
"Milan" sobiq egasi Li Yonxong yirik qarzlar tufayli sankciyalarga duch keldi.
Xitoy sudi biznesmenning xorijga chiqish pasportini olib, mamlakatni tark etishni taqiqladi. Yaqin vaqt ichida hukumat Lining faoliyatini o'rganadi.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning iyul oyida xitoylik biznesmen "Milan" prezidentligini tark etgan edi. Klub qarzlar tufayli "Elliot Management" fondi hisobiga o'tdi. Li o'z vaqtida kredit qarzlarini yopa olmadi va klub kredit bergan tashkilot nomiga o'tdi.
Sentyabr oyida "Elliot Management" fondi klubning 123 mln evro qarzini yopdi.
Fikrlar