“Milan” Sergey Milinkovich Savichga qiziqish bildirmoqda
25 iyu 2023 08:58
Yangiliklar
“Milan” Sergey Milinkovich Savichga qiziqish bildirmoqda
“Milan” serbiyalik “Lacio” yarim himoyachisi Sergey Milinkovich Savichga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Lazio Press.
Manbaning xabariga ko'ra, “rossoneri” “Nyukasl”ga o'tgan yarim himoyachi Sandro Tonalini o'rniga Savichni olib kelmoqchi. “Milan” rahbarlari “Lacio”dan Milinkovich-Savichni sotib olish niyatida. SHuningdek, Milan klubi rimliklarning yana bir yarim himoyachisi — Danilo Kataldini sotib olish niyatida.
2022/2023 yilgi mavsumda Milinkovich Savich “Lacio” safida barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Rim klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Transfermarkt internet portaliga ko'ra, futbolchining taxminiy narxi 50 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Расман: Престианни дискриминацион хатти-ҳаракат сабаб "Реал"га қарши навбатдаги ўйинда иштирок этмайди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar