So’nggi yangiliklar

19:05ЖЧ-2026 саралаши. Австралия яна юта олмади  2 19:00ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон (матнли трансляция)  20 18:31Футзал. Таиланд терма жамоаси Бухорога етиб келди  0 18:20ЖЧ-2026 саралаши. КХДР - Қатар 2:2  51 17:52Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси ФИФА Жаҳон чемпионатидаги иштирокини бошлади  1 17:35ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон: Асосий таркибимиз маълум  50 17:23Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғизистон - Ўзбекистон учрашувини қабул қилишга тайёр  2 17:05Ўзбекистон ва Қирғизистон терма жамоалари ўзаро ўйинлар тарихи  0 16:52Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувига мезбонлик қилаётган Бишкек шаҳрида тартибни 3 минг полициячи назорат қилмоқда  5 15:56Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон учрашувини кимлар шарҳлайди?  18 15:35⚡️Мундиаль юлдузлари дастхати туширилган тўпларни ютиб олинг!  0 15:05Тен Хаг "Аякс"дан келган шогирдини қўйиб юборгиси келмаяпти  3 14:36"Фенербахче" ўз таркибига А Сериядан ярим ҳимоячи қўшиб олди  1 14:01"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетиш ниятидалигини маълум қилди  2 13:13БМБ футзал клуби Панама ва Венесуэлага қарши ўртоқлик учрашувлари ўтказди   3

"Milan" Rimda zafar quchdi, "Jenoa" "Inter"ga mag'lub bo'ldi va boshqa uchrashuvlar Yangiliklar

"Milan" Rimda zafar quchdi, "Jenoa" "Inter"ga mag'lub bo'ldi va boshqa uchrashuvlar

A Seriyada 24-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Yuventus" "Verona"ni enga olmadi

Umuman olganda "mastiflar" istalgan raqib uchun noqulay raqib hisoblanishadi. Bu safar "Yuventus" ularning "to'riga ilindi". Qiziq  tomoni o'yindagi 1-xavfli vaziyat "Verona" ijrosida amalga oshirildi. Biroq burchakdan uzatmadan keyin Lozato darvozaga yo'llagan to'pi ustun tegib qaytdi. "Yuventus" esa tanaffusgacha aytarli hech nima qilolmadi, faqatgina Ronalduning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasi yodda qoldi. Barcha qiziq voqealar desertga qoldirildi.

Tanaffusdan keyinoq "Yuventus" gol urdi. Keza to'pni Remsidan qabul qilib, jarima maydoniga yorib kirdi va Krishtianuga etkazdi, portugaliyalik esa birgina urinishda golkiperni dog'da qoldirdi. Ko'p o'tmay Ronaldu dublni rasmiylashtirishi mumkin edi, l‎ekin uning urinishi kuchsiz chiqdi. "Verona" esa deyarli hujumga o'tmasdi, ammo hujumga o'tganda ham xavfli chiqdi. Lazovich to'pni Sturarodan qabul qildi va qanotdan jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi. U erda Barak hammadan faolroq harakat qildi va hisobni tenglashtirdi. Qolgan 13 daqiqada "Yuventus" hech bo'lmasa oldinga borishiga umid qilgan muxlislar, amalda "Verona" ajoyib vaziyat yaratganini guvohi bo'lishdi. Darko Lazovich ajoyib harakatlar bilan raqiblarini ortda qoldirdi va to'pni to'sin ostiga yo'naltirdi, lekin SHensni to'p darvozaga borib tushishiga yo'l qo'ymadi. "Yuventus" yana qoqildi, turinliklarning turnirdagi muvaffaqiyati uchun bu yomon xabar, ammo "Verona" istasa yaxshi o'yin ko'rsata olishini yana bir bor isbotlab berdi.


"Inter" "Jenoa"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Bugungi kunga kelib "Inter" ajoyib sport formasiga kirib olgan. Buni jamoa ushbu tur uchrashuvi 1-daqiqasidayoq isbotlab qo'ydi. Lautaro Lukakuni olg'a undadi va Romelu raqib himoyachilari hamda Perinni dog'da qoldirdi. Bir necha daqiqa o'tib, endi Darmian gol urishi mumkin edi, lekin Matteo to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'yishda noaniqlikka yo'l qo'ydi. "Inter" umuman olganda ancha xotirjam harakat qilsada, yanada kuchliroq o'ynay olishi mumkinligi sezilib turardi. Barella Lukakuning navbatdagi urinishidan keyin Perin to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. SHomurodovsiz "Jenoa" esa deyarli hech nima qilolmasdi. Bo'lim so'nggida Lautaro "qaychi" uslubida zarba berdi va Perin katta qiyinchilik bilan jamoasini goldan qutqarib qoldi.

Tanaffusdan keyin voqealar biroz sokinroq rivojlandi. 62-daqiqada Eldor SHomurodov o'yinga qo'shildi. Jamoalar deyarli bir-birini bezovta qilmasdi, lekin yana Lukaku tinchlikni buzib yubordi. Belgiyalik futbolchi himoyachilarni atrofiga to'plab oldi va to'pni Darmianga etkazdi, himoyachi esa birinchi teginishi bilanoq darvozaning pastki burchagini ishg'ol qildi. 77-daqiqada esa maydonga tushganiga 40-45 soniya bo'lgan Aleksis Sanches Perishichning uzatmasidan keyin boshi bilan farqni yirik ko'rinishga olib keldi. "Inter" hozir yopilib oladigan raqiblar bilan ham, ochiq futbolni yaxshi ko'radiganlar bilan ham bemalol o'ynay olishini ko'rsatmoqda. Omadli seriyasi yakuniga etgan "grifonlar" esa bu mag'lubiyatdan ko'p ham xafa bo'lmasliklari hamda keyingi o'yinlarga tayyorlanishi zarur.


"Milan" Rimda g'alaba qozondi

Aslini olganda "Milan" va "Roma" bellashuvi katta qiziqish bilan kutilgandi. O'yin startidayoq burchakdan uzatmadan keyin Ibragimovich aniq zarba yo'lladi, lekin "Roma" himoyachilari to'pni darvoza chizig'idan qaytarishni uddalashdi. Takroriy urinishda Leao to'p to'rga borib tushishini taminladi, ammo qoida buzilgandi. "Milan" faolroq ko'rinardi, avvaliga Rebich, keyin esa Ker darvoza to'sinini "tekshirib ko'rishdi". Spinnacola vaziyatlardan birida Mxitaryanni qulay nuqtaga chiqardi, lekin Genrix oddiy, ammo kuchli zarba o'rniga to'pni Donnarummaning ustidan oshirib tashlab qo'ymoqchi bo'ldi. Bo'lim so'nggi daqiqalarida "Roma" darvozasiga penalti belgilandi, Facio Kalabriyaga nisbatan qo'pol harakat qildi. Kessie esa odatga ko'ra, bunday xatolarni kechirmaydi.


Ikkinchi bo'limdagi birinchi yaqqol vaziyat esa "Roma" tomonidan amalga oshirildi. Ajoyib kombinaciya davomida Spinnacola to'pni Veretuga etkazdi va Jordan aylanma zarbasi bilan darvoza burchagini aniq nishonga oldi. Malum pallada "Milan" o'zini yo'qotib qo'yishi mumkindek tuyulgandi, lekin milanliklar o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Rebich to'pni Salemarkesdan qabul qilib oldi va birgina urinishda Manchinini ortda qoldirdi, ikkinchisi bilan esa yaqin burchakni nishonga oldi. "Roma" muvozanatni tiklashga urinib ko'rdi, lekin rimliklarga aniqlik etishmasdi. Eng qulay imkoniyat Genrix Mxitaryanda bo'ldi, ammo uning zarbasidan keyin to'p darvozadan biroz yuqoriroqdan o'tib ketdi. Oxirgi daqiqalarda esa "Milan" hisobni o'zgartirishi mumkin edi, lekin Lopes qiyinchilik bilan bo'lsada, Tomorining zarbasini qaytarishni uddaladi. "Milan" muhim g'alabani qo'lga kiritdi va "Inter"ni qochirib yubormadi.


"Atalanta" "Sampdoriya"dan kuchliroq

"Atalanta" ECHL pley-offi doirasida "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin qanday harakat qilishi juda qiziq edi. Qo'shimchasiga zaxira o'rindig'ida Gasperini bo'lmasa, futbolchilar qanday o'yin ko'rsatishi ham ko'pchilik uchun savol edi. O'yinni "Atalanta" faolroq boshladi, ilk daqiqalardayoq Pashalich yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, lekin zarbasi qovushmadi. Qarshisida kuchli raqib tursada "Sampdoriya" ham xotirjam o'yin ko'rsatishga intilardi. Vaziyatlardan birida Yankto o'zi uchun o'zi vaziyat yaratdi va faqatgina Sportelloning reakciyasigina to'p darvoza to'ridan joy olishiga yo'l qo'ymadi. Darvozabon Demsgor jarimadan zarba yo'llaganda ham ishonchli o'yin ko'rsatdi. "Atalanta" esa juda muhim pallada gol ura oldi. Malinovskiy Muriel bilan "devor" uslubida o'ynab, bo'lim jamoasi foydasiga hal bo'lishini tamiinladi.

Ikkinchi bo'lim avvalida Demsgorda yanada qulayroq nuqtadan jarima zarbasi berish imkoni bo'ldi, lekin zarbaga aniqlik etishmadi. "Atalanta" esa tezkor qarshi hujum bilan javob berdi, to'p ikkinchi tempda hujumni qo'llab kelayotgan Gosensga kelib tushdi, lekin germaniyalikning zarbasi darvozagacha etib borishiga himoyachilar yo'l qo'ymadi. "Atalanta" qanotlardan ayniqsa yaxshi hujumlar tashkil etardi. Mexlening uzatmasidan keiyn Ilichich mo'ljalda adashdi. Qanotlardagi bu kabi ustunlik o'z samarasini bermay qolishi qiyin edi, Mexlening navbatdagi uzatmasidan keyin Gosens darvozani aniq nishonga olishiga bu safar hech kim halaqit qilolmadi. Bu goldan keyin "Sampdoriya" butkul taslim bo'ldi, "bergamoliklar" esa yana gol urishlari mumkin edi. Ilichich va Pessinada qulay imkoniyatlar bo'ldi, ammo hisob boshqa o'zgarmadi. Natijada "Atalanta" Evropa CHempionlar Ligasi zonasidagi o'rnini saqlab turibdi.

SHuningdek, "Napoli" "Benevento"ni engdi, "Udineze" "Fiorentina"dan ustun, "Speciya" va "Parma" durang o'ynashdi.


Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика