"Milan" posboni jamoa bilan xayrlashdi
12 jan 2020 13:50
Yangiliklar
"Milan" posboni jamoa bilan xayrlashdi
"Milan" posboni Pepe Reyna qishki transferlar oynasi vaqtida ijara asosida "Aston Villa"da o'ynaydi.
U jarohatlangan Tom Xitonning o'rnini egallaydi. Ispaniyalik posbon "Milan" futbolchilari bilan xayrlashdi. Buni biz uning instagramdagi "storis"ida ko'rishimiz mumkin.
"Iyulda ko'rishamiz, "Milan". Rahmat!", - deb yozadi posbon.
Ushbu mavsumda 37 yoshli Reyna atigi bir o'yinda qatnashdi. Reyna 2005-2014 yillar davomida "Liverpul" tarkibida o'ynagandi.
Fikrlar