“Milan” o'z “ananasi”ni buzdi
07 may 2019 08:55
Yangiliklar


“Milan” o'z “ananasi”ni buzdi
“Milan” kecha A Ceriyaning 35-turida o'z maydonida “Bolonya”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
“Rossonerilar” A Ceriyaning so'nggi 7 ta o'yinida ilk bor bittadan ko'p gol ura oldi. Jamoa so'nggi bor 17 mart sanasida “Inter” (2:3) bahsda 2 ta gol urgandi. Keyin esa faqat 1 ta gol urib kelayotgandi.
Musobaqa yakunlanishiga 3 tur qolganda “Milan” 5-o'rinni “Roma” bilan bo'lishib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar