“Milan” Nyangni ijaraga berdi
26 jan 2017 23:33
Yangiliklar
“Milan” Nyangni ijaraga berdi
“Uotford” jamoasi “Milan” hujumchisi M’Baye Nyangni ijaraga olganligini malum qildi.
Mavsum yakunida inglizlar 22 yoshli franciyalik hujumchini sotib olishlari mumkin.
Nyangning ijarasi “Uotford”ga 750 ming evroga tushdi. Agar hujumchi APL bahslarida 10 ta gol urishning uddasidan chiqsa, “Uotford” uni 18 millionga sotib olishi mumkin.
Joriy mavsumda Nyang A seriyada 18 ta uchrashuvda 3 ta gol urib, uchta golga assistentlik qildi.
Fikrlar