“Milan” “Napoli” yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olishga tayyor
26 mar 2019 09:30
Yangiliklar
“Milan” “Napoli” yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olishga tayyor
Mamadu Diavara hamon milanliklar qiziqish doirasida turibdi.
“Milan” 21 yoshli xavbekni yanvar oyidayoq sotib olmoqchi bo'lgandi. Ammo transfer amalga oshmay qolgandi. Yozgi transferlar vaqtida milanliklar yana bir bor Diavarani o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi. “Napoli” qishki transferlar vaqtida futbolchisi uchun 30 mln evro talab qilgandi.
Endi esa “Milan” futbolchining narxi tushishiga umid qilmoqda.
Diavara ayni damda jarohat olgan. U joriy mavsum A Ceriyada atigi 8 ta o'yinda qatnashgan.
Fikrlar