"Milan" muxlislari uchun xushxabar: Zlatan qaytdi
18 dek 2020 20:04
Yangiliklar


"Milan" muxlislari uchun xushxabar: Zlatan qaytdi
"Milan" etakchisi Zlatan Ibragimovich jarohatidan forig' bo'ldi.
Hujumchi bugun tongda umumiy guruh bilan birga mashg'ulot o'tkazdi, deya xabar tarqatdi CalcioMercato. SHveciyalik futbolchi yakshanba kuni o'tkaziladigan "Sassuolo"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.
Italiya chempionatining 6 o'yinida 10 ta gol urgan Ibragimovich turnirning to'purarlar jadvalida Romelu Lukaku va Krishtianu Ronaldu bilan birgalikda etakchilik qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli Zlatan 23 noyabr kuni o'tkazilgan "Napoli"ga qarshi o'yinda jarohatga yo'liqib, safdan chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar