

Hujumchi bugun tongda umumiy guruh bilan birga mashg'ulot o'tkazdi, deya xabar tarqatdi CalcioMercato. Shvetsiyalik futbolchi yakshanba kuni o'tkaziladigan "Sassuolo"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.

Italiya chempionatining 6 o'yinida 10 ta gol urgan Ibragimovich turnirning to'purarlar jadvalida Romelu Lukaku va Krishtianu Ronaldu bilan birgalikda yetakchilik qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli Zlatan 23 noyabr kuni o'tkazilgan "Napoli"ga qarshi o'yinda jarohatga yo'liqib, safdan chiqqan edi.



