So’nggi yangiliklar

00:55Испания Суперкубоги. "Барселона" биринчи бўлимнинг ўзида "Атлетик"ни янчиб ташлади  26 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  20 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  3 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Milan Mitrovich: "Sug'diyona" bu yil muxlislarga OCHL yo'llanmasini tuhfa qilmoqchi" Yangiliklar

Milan Mitrovich: "Sug'diyona" bu yil muxlislarga OCHL yo'llanmasini tuhfa qilmoqchi"

Superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichiga kirishgan.

Joriy yilda yuqori maqsadlarni ko'zlagan “Sug'diyona” jamoasi ham o'z tarkibini bir qator tajribali futbolchilar va legionerlar bilan kuchaytirishga erishmoqda. SHuning barobarida o'tgan mavsumdagi tarkib o'zagi ham saqlanib qolindi va ayrim futbolchilar bilan shartnoma uzaytirildi. Ajoyib o'yinlari bilan barchaga tanish bo'lib ulgurgan va jizzaxlik ishqibozlarning yoqimtoyiga aylangan Milan Mitrovich ushbu mavsum ham jamoa darvozasini ishonchli qo'riqlashda davom etadi. Mahoratli kiper biz bilan suhbatda jamoada qolganidan xursandligini yashirmadi.

- Milan, ayni vaqtda mashg'ulotlar qanday kechmoqda? Yangi qo'shilgan futbolchilar chiqishib ketish qiyin bo'lmayaptimi?
- Biz yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunladik. Endi hal qiluvchi mashg'ulotlar boshlanadi. Ko'p hollarda ilk kungi mashg'ulotlar futbolchilarga yoqmasligi tabiiy. Asosan yugurish bilan cheklandik. Havo ham sovuq edi. Keyingi kunlarda to'p bilan ishladik, turli taktik mashqlarni bajardik. Superliga bahslari boshlanguniga qadar formaga kirib boramiz. Yangi futbolchilar ketganlarning o'rniga keldi. Maqsadlarimizga erishish yo'lida ular ham foyda keltiradi degan umiddaman. Jamoamizga kelgan o'yinchilar bari tajribali. Ularning yaxshi yoki yomonligini aytish mening vakolatimga kirmaydi. Hammalari mashg'ulotlarda astoydil ishlashmoqda.



- 2019 yil jamoa uchun nihoyatda muvaffaqiyatli yakunlangandi. “Sug'diyona” uchinchi o'rinni qo'lga kiritishga juda yaqin kelgandi. Demak, bu yil o'tgan yilgi natijani yaxshilash maqsad qilib belgilangan bo'lsa kerak...
- Ha. Biz to'rtinchi o'rin bilan kifoyalandik. Bu ohirgi o'n yillikdagi qayd etgan eng yaxshi ko'rsatkichimiz bo'ldi. Garchi biz OCHLga chiqmagan bo'lsakda, muxlislarning bizga nisbatan ishonchi yo'qolmadi. Maqsadimiz yanada yuqori o'rinlardan birini band qilish va shu orqali ishqibozlarga OCHL yo'llanmasini tuhfa qilish.

- Sizni jamoada qolganingiz ko'plab mahalliy muxlislarga manzur kelgani aniq. Ularga aytadigan gapingiz bormi?
- O'zim ham sizga shuni aytmoqchi bo'lib turgandim. Yutsak ham, yutqazsak ham ular biz bilan doim birga. Uchinchi o'rinni qo'lga kirita olmaganimizda jamoadagi barcha futbolchi birdek aybdor. Endi bari tarixda qoldi. Muhimi xatolarimidan to'g'ri xulosa chiqarishimiz zarur.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика